• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Shakiridan Jakagacha. Jahon chempionini Yevro—2020 dan chiqarib yuborgan Shveysariya qahramonlari haqida

    Shveysariya terma jamoasi Yevro—2020 musobaqasida sensatsiya qayd etdi. “Bankirlar” amaldagi jahon chempioni Fransiya terma jamoasini nimchorak finaldayoq musobaqadan chiqarib yubordi. Shveysariyaliklar birinchi bo‘limda hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Shveysariya penaltidan unumli foydalana olmadi va Karim Benzemadan ikkita gol qabul qilib oldi. Pol Pogba uchinchi golni urganda favorit baribir g‘alaba qozonadigandek taassurot paydo bo‘ldi. Ammo shveysariyaliklar oxirigacha kurashib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin penaltilar seriyasigacha davom etdi. Penaltilar seriyasida esa Fransiya mag‘lubiyatga uchrab musobaqani tark etdi. Jahon chempionini mag‘lub etgan shveysariyalik qahramonlar kimlar edi?

    Jerdan Shakiri

    Shakiri — Shveysariya terma jamoasining asosiy yulduzi. 16 yoshida “Bazel”da debyutini o‘tkazgan, 17 yoshida terma jamoa bilan Yevro—2008 ga yo‘l olgan. Jerdanning ota-onasi 1992-yilda Yugoslaviyada fuqarolik urushi avj pallasiga yetganda Kosovodan Shveysariyaga ko‘chib o‘tgan. Bolakay o‘shanda bir yosh edi va yangi mamlakatga ko‘nikishga majbur bo‘lgandi. Jerdan otasiga ferma ishlarida, onasiga kiyim sotishga yordam berardi. Shakirining otasi farzandini futbol maktabiga beradi. Jerdanning akasi ham futbol maktabida tahsil olgan, ammo u muvaffaqiyatga erisha olmadi. Jerdan esa qisqa muddatda “Bazel”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi va 21 yoshida “Bavariya”ga o‘tib ketdi. Myunxenliklar safida omadi yurishmagan Shakiri 2018-yilda “Liverpul” safiga o‘tadi. Mersisaydliklar safida Angliya chempionligi va Chempionlar Ligasi sovrindoriga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Granit Jaka

    Kosovadan tashrif buyurgan yana bir immigrant. Shakiri ikkalasi 2018-yilgi mundialda Serbiyaga qarshi o‘yinda provokatsiya uyushtirdi. Gol urilgach qo‘llari bilan burgut — serblarga qarshi fuqarolik urushida qatnashayotgan Albaniya armiyasi ramzini ko‘rsatdi. Ikkalasi ham tug‘ilgan yerini qadrlaydi. Otalari Kosovoning Yugoslaviyadan ajralib chiqishini istaydi.

    2016-yilda Jaka o‘zi tug‘ilgan mamlakatga qarshi maydonga tushadi. Raqib jamoa sardori o‘zining akasi Taulant edi. Tribunada ularning onasi Shveysariya va Albaniya bayrog‘ining rasmi tushirilgan futbolkada o‘tirardi.

    Jaka — terma jamoaning yuragi, haqiqiy sardor. Aynan u jamoadoshlarini penaltilar seriyasidan avval ruhlantirdi.

    Granitning qiziqqon tabiati bor — u doim nizolarga aralashib yuradi. 2 yil oldin “Arsenal” muxlislari bilan tortishib qolgani uchun sardorlik bog‘ichi olib qo‘yilgan edi. Jakaning “Roma”ga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Joze Mourinyo bilan birga ajoyib duet hosil qilishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yan Zommer

    Terma jamoadagi boshqa futbolchilardan farqli ravishda Zommer shveysariyalik. U 26 yoshigacha “Bazel” sharafini himoya qilgan. Ter Shtegen “Barselona”ga o‘tgach, “Borussiya” Myonxengladbax 2014-yilda Zommerni Germaniyaga taklif qildi.

    17-iyun kuni Yann farzandli bo‘lgani uchun terma jamoa bazasini tark etadi. Oradan 2 kun o‘tib Turkiyaga qarshi muhim bahs uchun qaytib keladi. Fransiyaga qarshi o‘yinda Kilian Mbappening penaltisini qaytardi va jamoasining chorak finalga chiqishini ta’minladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Haris Seferovich

    Seferovichning ota-onasi Haris tug‘ilganidan 2 oy o‘tib Bosniya va Gersegovinadan qochib ketishga majbur bo‘ladi. Mamlakatda shunchaki urush emas haqiqiy qatag‘on boshlangan va undan chetda qolish ilojsiz edi. Haris bolaligidan futbolga mehr qo‘ydi. 18 yoshida “Grassxopper” jamoasida debyutini nishonladi. Nigeriyada o‘tkazilgan 17 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi mundial to‘purariga aylandi. Bir yildan keyin esa “Fiorentina”ga o‘tdi.

    Hozirda Seferovich 29 yoshda bo‘lishiga qaramasdan allaqachon beshta mamlakatda o‘ynashga ulgurdi. Bir necha yil avval Bundesligada porlagan futbolchi o‘tgan mavsumda “Benfika” safida Portugaliya chempionati to‘purariga aylandi.

    Yevro—2020 boshida Harisning ishlari yurishmadi. Uelsga qarshi o‘yinda vaziyatlarni ko‘kka sovurdi, Italiyaga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘lim boshidayoq zaxiraga olindi. Uchinchi turda Turkiyaga muhim bo‘lgan golni urdi. Nimchorak finalda esa fransuzlar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Manuel Akanji

    Himoyachi 120 daqiqa davomida Benzema, Grizmann va Mbappe uchligiga qarshi munosib harakat qildi. Penaltilar seriyasida esa o‘z imkoniyatidan foydalana oldi. Manuelning otasi Abimbola ham havaskor futbolchi bo‘lgan. Nigeriyadan Shveysariyaga ko‘chib kelgan Abimbola tennischi Izabel bilan tanishadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng juftlik oila quradi. Hozirda Akanjining otasi Syurixdagi yirik moliyaviy markazlardan birida ishlaydi.

    Manuelning ota-onasi farzandining ta’lim olishiga juda katta e’tibor qaratgan. Futbolchining o‘zi ham bolaligida arifmetik amallarni bemalol ishlay olganini aytadi. Lekin futbol unga judayam yoqqani sabab mashg‘ulotlarga ko‘proq diqqatini qaratdi. Intervyulardan biri jurnalist Manueldan 24 ni 75 ga, 33 ni 97 ga ko‘paytirib berishini so‘raganda, futbolchi darhol javob qaytargan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rikardo Rodriges

    Rikardo o‘yinning antiqahramoniga aylanishiga oz qoldi. U ikkinchi bo‘lim boshida penaltidan foydalana olmadi. Rikardo faoliyatidagi og‘ir damlarni boshidan o‘tkazyapti — o‘tgan mavsumda “Milan” futbolchini “Torino”ga sotib yubordi. Turinliklar safida ham Rodriges asosiy tarkibga kira olmayapti. Shunday bo‘lsa-da, Shveysariyada uni yaxshi ko‘rishadi. Kelib chiqishi chililik bo‘lgan Rikardo 16 yoshida “Syurix” safida ko‘zga ko‘ringan bo‘lsa, 19 yoshida “Volfsburg” safiga o‘tgan.

    Rodrigesning aka-ukasi ham futbolchi. Ular Shveysariyaning “Syurix” va “Lugano” jamoalari sharafini himoya qiladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Mario Gavranovich

    Marioning ota-onasi Bolqondan Shveysariyaga kelib qolgan. Boshqa futbolchilar kabi u ham yangi muhitga moslashishga majbur bo‘lgan. Gavranovichning xotirlashicha, ma’lum vaqt davomida uylarida chiroq bo‘lmagan. Yoshligidan futbolga qiziqqan bolakay “Lugano” safida ko‘zga tashlana boshlaydi. Yuqori darajali chempionatlarda u o‘zini ko‘rsata olmadi — “Shalke-04” va “Mayns” jamoalarida raqobatda yutqazib qo‘ydi. 2016-yildan buyon Xorvatiya chempionatida to‘p surib kelayotgan Mario faoliyatidagi eng yaxshi davrlarni boshidan o‘tkazyapti.

    Terma jamoada uning ishlari yurishmoqda. Uelsga qarshi o‘yinda Mario zaxiradan tushishi bilan gol urdi. Lekin VAR uning golini bekor qildi. Fransiyaga qarshi o‘yinda ham uning goli bekor bo‘ldi ammo Gavranovich baribir maqsadiga erishdi. 90-daqiqada gol urib Shveysariyaga qo‘shimcha bo‘limlarni taqdim etdi. Penaltilar seriyasida esa birinchi bo‘lib to‘pga yaqinlashdi va o‘z imkoniyatidan foydalandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    29.06.2021, 21:32   Izoh (0)   28688
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020 da: drama va triller, imi-jimida o‘tayotgan Kopa Amerika, rekord qo‘yishdan to‘xtamayotgan Leo Messi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    29.06.2021, 10:37

    Amerika Kubogi. Messi dubl qayd etgan o‘yinda Argentina yirik hisobda g‘alaba qozondi, Urugvayda ham g‘alaba

    29.06.2021, 09:41

    Yevro—2020. Fransiya 6 ta gol urilgan va penaltilar seriyasigacha borgan o‘yinda Shveysariyaga yutqazib, musobaqani tark etdi

    29.06.2021, 03:04

    Boks olamini ostin-ustun qilgan jang. Mayk Tayson va Evander Holifild o‘rtasidagi mojaroli jangga 24 yil to‘ldi

    29.06.2021, 00:17

    Yevro—2020. Ispaniya 8 ta gol urilgan o‘yinda Xorvatiyani taslim etib, chorak finalga chiqdi

    28.06.2021, 23:46

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi

    28.06.2021, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.