• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroning tarixiy markazida mehmonxona qurilishi boshlandi, ammo bu ovoza bo‘lgach, qurilish to‘xtatildi

    Buxoro tarixiy markazida joylashgan Gavkushon ko‘chasida mehmonxona qurilishi boshlandi, ammo bu ovoza bo‘lganidan keyin qurilish to‘xtatildi, deb xabar bermoqda “Anhor.uz” Madaniy meros departamentiga tayanib.

    Foto: “Anhor.uz”

    Foto: “Anhor.uz”

    Ma’lum qilinishicha, 19-iyun kuni “Troll.uz” Telegram kanalida “Qurilish sohasidagi muammolar. Buxorodagi ‘Gavkushon’ mahallasi misolida” nomli videolavha e’lon qilindi. Unda Buxoro tarixiy markazida joylashgan Gavkushon ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan mehmonxona bo‘yicha so‘z borgan.

    Mazkur videolavha bo‘yicha tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganilganda, Buxoro shahar hokimining 2018-yil 28-iyundagi qaroriga asosan Prime Real Estate MChJga Buxoro shahrining Xo‘ja Rangrez ko‘chasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar hisobidan 500 kvadrat metr yer maydoni ajratilgani aniqlangan. Shuningdek, Buxoro shahar hokimining 2021-yil 25-martdagi qaroriga asosan Buxoro shahar hokimining 2018-yil 28-iyundagi qarorining birinchi va ikkinchi bandidagi “Xo‘ja Rangrez ko‘chasi” so‘zlari “Govkushon ko‘chasi” so‘zlari bilan o‘zgartirilgan.

    Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Ilmiy-ekspert kengashining 2019-yil 12-dekabrdagi yig‘ilish bayoniga muvofiq, belgilangan hududda mehmonxona qurilishi bo‘yicha loyiha taklifi balandligini yer sathidan 7,1 metrdan oshirmaslik sharti bilan ma’qullangan.

    Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashining 2020-yil 10-fevraldagi yig‘ilish bayonnomasiga asosan mazkur hududda Prime Real Estate tomonidan mehmonxona bino-inshooti qurilishini loyihalashtirish uchun bosh rejasi va fasad ko‘rinishlari kelishilgan.

    Prime Real Estate tomonidan qurilish ishlari olib boriladigan hudud tozalanib, atrofi o‘rab olingan bo‘lsa ham barcha qurilish ishlari to‘xtatilgan. Ayni paytda hududda Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya instituti mutaxassislari tomonidan arxeologik qazilma ishlari olib borilmoqda.

    Mazkur loyiha bo‘yicha avval olib borilgan o‘rganish davomida jamiyat rahbariyatiga ushbu hudud “Buxoro tarixiy markazi”da ekanligi va tarixiy obidalar zich joylashganligi sababli mehmonxona tashkil etish loyihasini YuNESKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishish shart ekanligi tushuntirilgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, mazkur loyihaning “Buxoro tarixiy markazi” — butunjahon merosi obyektiga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotini tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda xalqaro tashkilotlar bilan kelishish maqsadida Prime Real Estate tomonidan xorijiy ekspertlar jalb qilingan.

    Loyiha tashabbuskoriga YuNESKO va IKOMOS mutaxassislari tomonidan loyihaga ijobiy xulosa berilmagunga qadar qurilish ishlarini boshlamaslik lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

    Prezidentning 2021-yil aprel oyidagi farmoni bilan O‘zbekistonda madaniy meros muhofazasi kuchaytirilishi belgilangan. Farmon bilan Turizm va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda madaniy meros obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida noqonuniy qurilgan qurilmalar va bino-inshootlarni bartaraf etish hamda ularning yer maydonlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash yuklatilgan.

    O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 14-iyundagi qarori bilan O‘zbekistonda YuNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasi tashkil etildi.

    Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkentdagi Mingo‘rik yodgorligi yonidagi IIBB Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosi qurilishi Madaniy meros departamenti ruxsatisiz boshlangani aniqlangandi.

    Mazvuga doir: Aziz Abduhakimov: “Arxeologik obyektlar yerlaridan ekin maydoni sifatida foydalanish holatlari aniqlandi”

    24.06.2021, 07:07   Izoh (0)   22486
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshida hokimlik zaxirasida turgan bo‘sh yerni 70 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    24.06.2021, 06:16

    Moskva rekordini yangilagan jazirama, politsiya itining dafn marosimi, O‘rgimchak odamdan sovg‘a olgan Rim Papasi. 23-iyun suratlari

    23.06.2021, 23:56

    Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotgan dorixonalar aniqlandi. Ularning litsenziyasi bekor qilinishi mumkin

    23.06.2021, 23:41

    O‘zbekistonda mebellar narxi 50 foizgacha arzonlashishi mumkinligi aytildi

    23.06.2021, 23:26

    Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani bo‘yicha jinoyat ishi viloyat prokurori shaxsiy nazoratiga olindi

    23.06.2021, 22:39

    Olot va Past Darg‘om tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

    23.06.2021, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.