Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021/2022-o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavzular va baholash mezonlari 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan o‘zgarmagan. Abituriyentlarni yana beshta fan bo‘yicha 105 ta test kutmoqda. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5.

Test sinovlarida ishtirok etadigan barcha abituriyentlar uchun majburiy fanlar — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa), matematika va O‘zbekiston tarixi — 15 tadan savollarni (jami 45 ta) o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning har biriga 2,1 ball beriladi. Bitta fan bo‘yicha abituriyent maksimal 31,5 ball, majburiy fanlarning barcha bloki uchun 94,5 ball to‘plashi mumkin.

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha test yana ikkita fan bo‘yicha o‘tkaziladi, ularning har birida 30 ta savol mavjud. Abituriyent har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball, maksimal bir fan bo‘yicha — 93 ball, fanlarning barcha bloki uchun — 186 ball olishi mumkin.

Yagona farq — bu bakalavr yo‘nalishlarining soni. Agar joriy o‘quv yilida 301 bo‘lsa, kelgusi yil 370 bo‘lishi kutilmoqda.

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari bilan Davlat test markazining sayti orqali tanishish mumkin.

Kirish testlarini uchta emas, beshta fan bilan topshirishning yangi tartibi O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 14-maydagi farmoni bilan ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi imtihonlar uchun fanlar majmuasi 2019-yilning 21-dekabr kuni, ya’ni test sinovlaridan 9 oy oldin rasman tasdiqlangan edi. Hozir esa imtihonlarga 6 oydan kamroq vaqt qoldi.

Avvalroq O‘zbekistonda kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti berilishi, abituriyentlar cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi