• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Transfer bozorida “katta ov”ni boshlagan “Real”, xalqaro musobaqada Saudiya Arabistoniga yengilgan O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning kutilmagan yo‘qotishi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 22-iyun kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24 va 27-iyun kunlari Toshkentda Venesuela terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. O‘FA uchrashuvlar boshlanish vaqtini ma’lum qildi. Birinchi o‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlansa, ikkinchi bahs 18:00 da start oladi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    “Arab Cup U-20” musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Misrdagi musobaqaning dastlabki turida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi. Unda Eldor Magdiyev shogirdlari 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Keyingi uchrashuvni o‘zbekistonliklar 24-iyun kuni Tunisga qarshi o‘tkazadi.

    PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev “Offside” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Unda funksioner O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramovning faoliyatini keskin tanqid ostiga oldi (batafsil).

    Jahon

    Yevro—2020 musobaqasida dastlabki uchta tur o‘yinlari yakunlandi. Hozirga qadar 7 ta jamoa pley-off masalasini hal qildi. Eng yaxshi to‘rtinchi o‘rinlar reytingida Finlyandiya va Ukraina so‘nggi o‘rinlarda bormoqda, ular qolgan guruhlardagi vaziyatni kutishga majbur.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Angliya terma jamoasida kutilmagan yo‘qotish

    Angliya terma jamoasi yarim himoyachilari Meyson Maunt va Ben Chiluell Yevropa chempionati 3-turi doirasida Chexiyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Gap shundaki, “Chelsi” futbolchilari koronavirusga chalingan Billi Gilmor bilan muloqotda bo‘lgan. Maunt va Chiluell izolyatsiyaga olingan va so‘nggi tur o‘yinida jamoasiga yordam bera olmaydi.

    Usmon Dembele uzoq muddatga safdan chiqdi

    “Barselona” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. L’Equipe nashrining xabar qilishicha, fransiyalik futbolchining tiklanish jarayoniga 4 oy vaqt ketadi. 24 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasi safida jarohat olgan va shu sabab Yevro—2020 ni tark etgandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Transferlarga oid xabarlar

    “Real” Erling Holand bilan kelishuvga erishdi

    Madridliklar norvegiyalik futbolchi bilan kelishib oldi va endilikda “Borussiya D” bilan muzokara olib bormoqda. Deportes Cuatro nashrining xabar qilishicha, nemis klubi “Real”ning 100 million yevrolik dastlabki taklifini rad etgan. Avvalroq “Real” “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmasa bor e’tiborini Holandga qaratishi xabar qilingandi.

    “Manchester Siti” Harri Keyn transferini kechiktiradi

    “Tottenhem” prezidenti Deniel Levi angliyalik futbolchini sotishni istamayapti va murabbiylikka nomzodlarga hujumchi keyingi mavsum ham jamoada qolishini aytmoqda. Shu sabab “Siti” yana bir yil kutish niyatida, deya xabar qilmoqda ESPN.

    Qayd etilishicha, Rahim Sterlingning transferning bir bo‘lagi bo‘lishni istamagani ham muzokaralarni chigallashtirgan. Avvalroq “Manchester Siti” Keyn transferi uchun 100 million funt va futbolchilaridan birini berishga tayyorligi xabar qilingandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Serxio Ramosga APL klublari va “PSJ” qiziqmoqda

    “Real”ni erkin agent maqomida tark etgan Serxio Ramosga “PSJ”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublaridan takliflar bor, deya xabar qilmoqda AS. 35 yoshli himoyachining o‘zi Parij variantini ma’qul ko‘rmoqda. Avvalroq “Roma” ustozi Joze Mourinyo uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekani xabar qilingandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    22.06.2021, 23:14   Izoh (0)   45363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “OKMK” qoldirilgan tur o‘yinida “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berdi

    22.06.2021, 22:13

    “Mening jamoam, g‘ururim 8 yil ikki shaxsning qo‘lida o‘yinchoq bo‘ldi”. PFL rahbari Vadim Abramovning “agentlik faoliyati” va natija keltirmaydigan uslubi haqida

    22.06.2021, 20:01

    Bir vaqtlar Fransiya terma jamoasining kelajagi sifatida e’tirof etilgan, biroq Yevro—2020 da fransuzlarga qarshi o‘ynagan Loik Nego haqida

    22.06.2021, 15:01

    Amerika Kubogi—2021. Argentina g‘alaba qozondi, Urugvay Chilini yenga olmadi

    22.06.2021, 09:41

    Yevro—2020. 5 ta gol urilgan o‘yinda Daniya Rossiyani yanchib tashladi va 1/8 finalga yo‘l oldi, Belgiya 3-o‘yinda ham g‘alaba qozondi

    22.06.2021, 01:56

    Diyor Imomxo‘jayev: “Vadim Abramovga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonganman, ishonmayman ham”

    22.06.2021, 01:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Jey Lo bilan uchrashgan Rayhon, noodatiy klip oldirayotgan Kaniza, Bobur Yo‘ldoshevning eng yaqin do‘sti kim?

    Madaniyat | 5 avgust, 10:19

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Braziliya sobiq prezidenti uy qamog‘iga olindi

    Dunyo | 5 avgust, 10:10

    Ruben Amorim: “ ‘Manchester Yunayted’da 20 yil qolishni xohlayman”

    Sport | 5 avgust, 10:03

    Qozog‘istondagi 17 ta qishloq aholisi alkogoldan butunlay voz kechdi

    Qozog‘iston | 5 avgust, 09:55

    Buxoroda saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 09:46

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    Xitoyda kattalar uchun mo‘ljallangan so‘rg‘ichlar ommalashmoqda

    Layfstayl | 5 avgust, 09:33

    Migrantlar hayotini vayron qiluvchi xavfli tuzilma — DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Y. haqida ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 09:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.