Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Baydenning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi Vashington manfaatlariga zarba deb ataldi. Bu haqda AQSh Xavfsizlik siyosati markazi rahbari va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Frederik Fleysning so‘zlariga tayanib Newsmax xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Siyosatchining fikricha, sammitdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Baydenning noaniq pozitsiyasi uni “yirik global auditoriya qarshisida ojiz” ekanini ko‘rsatdi. Fleysning ta’kidlashicha, Amerika rahbarining OAVga bergan mulohazalari sust va asabiy, ba’zan esa o‘zini himoya qilish xususiyatida bo‘lgan.

Fleysning so‘zlariga ko‘ra, Putin amerikalik hamkasbi fonida kuchli va dadil ko‘ringan. U ikki tomonlama uchrashuvdan o‘z maqsadlari uchun mohirlik bilan foydalangan va matbuot qarshisida o‘ziga ishonch bilan turgan.

Fleys Bayden Rossiya prezidentiga diplomatik g‘alaba hadya qilganini, evaziga esa hech narsa ololmaganini aytdi. Siyosatchining fikriga ko‘ra, Bayden butun dunyoga xorijlik raqiblari oldida AQSh manfaatlarini himoya qilishga qodir emasligini namoyish qilgan. Shuningdek, Fleysning nazdida Jenevadagi uchrashuvdan keyin Amerika tomoni zaiflashgan. Bu Vashington dushmanlarining pozitsiyasini kuchaytiradi, deb qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Bayden va Putinning Jenevadagi uchrashuvi AQSh uchun emas, Rossiya uchun muvaffaqiyatli bo‘lganini aytgandi. “Biz Rossiyaga baland minbarni taqdim etdik. Evaziga esa hech narsa olmadik”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyun kuni Vladimir Putin va Jo Bayden Jenevada Rossiya va Amerika prezidentlari sifatida birinchi marta uchrashuv o‘tkazdi. Sammit bir necha soat davom etdi, shundan keyin prezidentlar galma-galdan alohida-alohida matbuot anjumanlari o‘tkazdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi