Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jo Bayden va Vladimir Putinning davlat rahbarlari maqomidagi birinchi uchrashuvi Jenevada bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar taxminan to‘rt soat davom etdi. “RBK” AQSh va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi qanday o‘tgani haqida fotoreportaj tayyorladi.

Uchrashuv Jenevaning La Grange villasida bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Villa atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shveysariya hukumati mamlakatning boshqa hududlaridan 900 nafar politsiyachi va 1000 nafar harbiy xizmatchini Jenevaga jo‘natgan.

Foto: Getty Images

Villa joylashgan bog‘ atrofida bir necha kilometrlik panjara o‘rnatilgan. Shveysariya OAVlari ta’kidlashicha, bu vazifa oson bo‘lmagan, chunki Jenevaning o‘zida bunday to‘siqlar yetarli emas, shuning uchun ularni mamlakatning boshqa shaharlaridan olib kelishga to‘g‘ri kelgan.

Jo Bayden Jenevaga sammitdan bir kun oldin, 15-iyun kuni Bryusseldan uchib keldi. Uning Yevropadagi mazkur safari prezidentlik lavozimga kirishganidan beri birinchi xorijiy safaridir.

Vladimir Putin sammitga muzokaralar o‘tkaziladigan kuni keldi. Uning samolyoti Jenevaga uchrashuvdan bir soat oldin qo‘ndi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: AP Photo

La Grange villasiga Bayden rossiyalik hamkasbidan chorak soat keyin kirib keldi.

Villaning ayvonida Putin va Baydenni Shveysariya prezidenti Gi Parmelen kutib oldi (markazda).

Rossiya va AQSh rahbarlari qo‘l berib salomlashdi.

Rossiya va AQSh rahbarlari qo‘l berib salomlashdi.
Foto: “TASS”

Putin Baydenga uchrashuv o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Putin Baydenga uchrashuv o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Foto: AP Photo

Markazda chapdan o‘ngga: Vladimir Putin va Gi Parmelen.

Bayden yuzma-yuz uchrashuvlar har doim foydali ekanini aytdi.

Bayden yuzma-yuz uchrashuvlar har doim foydali ekanini aytdi.
Foto: “TASS”

Uchrashuvda Jo Bayden Vladimir Putinga Amerika bizonining billur haykalchasi va aviator ko‘zoynaklarini sovg‘a qildi. Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, sovg‘a qilingan haykalchani Amerikaning Steuben Glass badiiy shisha ishlab chiqaruvchisi tayyorlagan. Ko‘zoynaklar esa AQSh harbiylari uchun quyoshdan himoyalovchi aviator ko‘zoynaklarini ishlab chiqarish bo‘yicha bosh pudratchi Randolph kompaniyasiga buyurtma qilib yasatilgan.

O‘z navbatida, Putin Baydenga Rossiya milliy hunarmandchilik naqshlari bilan bezatilgan “Moskva” yozuv to‘plamini sovg‘a qildi.

Muzokaralar villaning Jenevadagi eng sara kitoblar bilan to‘ldirilgan kutubxonasida boshlandi.

Muzokaralar villaning Jenevadagi eng sara kitoblar bilan to‘ldirilgan kutubxonasida boshlandi.
Foto: AP Photo

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (markazda).

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (markazda).
Foto: Getty Images

Dastlab muzokaralar tor doirada bo‘lib o‘tdi, unda prezidentlar bilan birga Lavrov va uning amerikalik hamkasbi Entoni Blinken ham qatnashdi.

Foto: kremlin.ru

Bu Putin va Baydenning prezident sifatidagi birinchi uchrashuvi. Ilgari ular 2011-yilda uchrashgan, o‘shanda Putin bosh vazir, Bayden esa Barak Obamaning vitse-prezidenti edi.

Rossiya delegatsiyasi a’zolari, o‘ngdan chapga: bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov, prezidentning yordamchisi Yuriy Ushakov, Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov.

Muzokaralardan so‘ng birinchi bo‘lib Vladimir Putin matbuot anjumani o‘tkazdi

Muzokaralardan so‘ng birinchi bo‘lib Vladimir Putin matbuot anjumani o‘tkazdi
Foto: AP Photo

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar paytida hech qanday dushmanlik kayfiyati bo‘lmagan, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘plab masalalar yig‘ilib qolgan, ammo ikkala tomon ham yechim izlashga qat’iy qaror qilgan.

Foto: Reuters

Vladimir Putin aeroportga yo‘l olganidan keyin Jo Baydenning matbuot anjumani boshlandi. Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv natijalari olti oy ichida aniq bo‘ladi, shu vaqt ichida tomonlar tegishli qarorlarni qabul qilishi yoki qilmasligi ma’lum bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)