“Real” himoyachisi va sardori Serxio Ramos faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi ESPN.

Foto: Twitter/@realmadrid

Manbaga ko‘ra 35 yoshli futbolchi “Manchester Siti” nazariga tushgan. Futbolchining tajribasi va yetakchilik qobiliyatini hurmat qiladigan Xosep Gvardiola shaxsan o‘zi bu transferga qiziqmoqda. “Shaharliklar” ispaniyalik himoyachiga yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Avvalroq Madrid jamoasi Ramos bilan shartnoma borasida kelisha olmagani haqida xabarlar chiqqan edi. Himoyachining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Ramos 2005-yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib keladi. La Liga 2020/21-yilgi mavsumida himoyachi 21 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Mavzuga doir: Hashamatli uy, mashinalar va suzish. Madridning himoya qo‘rg‘oni Serxio Ramos qanday hayot kechiradi?

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!