• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    440 ming so‘mlik kambag‘allik chegarasi qanday hisoblab chiqilgan va nega bu ko‘rsatkich O‘zbekiston uchun muhim?

    Mavzuga doir: Qanday yashayapsiz, odamlar? Oyiga 440 ming so‘m ham top(ol)maydigan o‘zbekistonliklar bilan suhbat

    O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilash uchun foydalanilishi kutilayotgan minimal iste’mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra bir kishi uchun oyiga 440 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu miqdor qanday hisoblab chiqilgan, milliy kambag‘allik chegarasining o‘ziga xosligi va ushbu ko‘rsatkichni joriy etishning ahamiyati nimada? “Gazeta.uz” ushbu savollarga javoblarni bir sahifaga jamladi.

    Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

    Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

    Kambag‘allik qanday belgilanadi?

    Kambag‘allik chegarasini belgilash uchun ixtiyordagi daromad (maosh, foyda, qishloq xo‘jaligidan keladigan daromad, davlat transfertlari, pensiyalar va boshqalar) yoki iste’mol (oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar) darajasi olinadi — daromad yo iste’mol darajasi belgilangan ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, kishi kambag‘al deya hisoblanadi.

    O‘zbekiston sharoitida iste’mol darajasini tanlash maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi, chunki ko‘pchilik mehnat faoliyatini hali ham norasmiy sektor va qishloq xo‘jaligida olib boradi.

    Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeyts aksariyat mamlakatlar milliy miqyosda “kambag‘allik” tushunchasiga nisbatan o‘z ta’rifini qo‘llashini ta’kidlab o‘tgan edi. Mazkur atama ma’nosi turli jamiyatlarda bir-biridan farq qilgani bois ham hukumatlar shunday yo‘l tutadi. Boshqa tomondan, bunday yo‘l tutish mamlakatlar o‘rtasidagi moddiy shart-sharoitlar bir xil emasligi bilan ham bog‘liq. Insonning bazaviy ehtiyojlarini qondirish xarajatlari ko‘plab, masalan, aholi ovqatlanish tarkibining o‘ziga xosliklari, alohida olingan mamlakatlarning ijtimoiy normalari va iqtisodiy tuzilishi kabi omillarga bog‘liq.

    Uilyam Zeytsning qayd etishicha, Jahon banki tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro kambag‘allik chegarasi ko‘rsatkichi (2011-yilgi Xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo‘yicha bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar) har bir mamlakat tomonidan mustaqil belgilanadigan milliy kambag‘allik chegarasining aynan o‘zi emas.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kambag‘allik chegarasi ko‘rsatkichi mamlakatlar o‘rtasida solishtirishlar olib borish uchun o‘rnatilgan. Buning uchun Jahon banki dunyodagi daromadi eng past mamlakatlarni tanlab oladi va ulardagi kambag‘allik chegarasini o‘rganadi.

    “Ushbu ko‘rsatkich zinhor-bazinhor mamlakatga undagi kambag‘allik chegarasi qanday bo‘lishi lozimligi haqida ko‘rsatma o‘laroq belgilanmaydi. Eng kambag‘al mamlakatlarni tanlab olganingizda, ulardagi kambag‘allik chegarasi juda past darajada belgilanadi. Jahon banki eng kambag‘al mamlakatlar orasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichni oladi. O‘zbekiston uchun bu chegara juda past, chunki O‘zbekiston kambag‘al mamlakat emas. Bu chegara O‘zbekiston uchun endi dolzarb emas”, — deydi u.

    Mamlakatdagi farovonlik o‘sib borgani sayin odatda ushbu ko‘rsatkich ham pul ekvivalentida oshib boradi. Mamlakatlar boyroq bo‘lgani sari ularning maqsadlari ham kattalashadi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yanada yuqoriroq standartlarni o‘rnata boshlaydi.

    Jahon banki “xalqaro kambag‘allik darajasi ko‘rsatkichi” tushunchasini to‘ldiruvchi daromadlar bo‘yicha kambag‘allik tasnifini ham joriy etgan. Bunda ham asosiy yondashuv avvalgidek — fuqarolarning daromad darajasi to‘rt guruhdan biriga mansub (past daromadli (kishi boshiga yiliga 1035 dollar yoki undan kam), o‘rtadan past daromadli (kishi boshiga yiliga 1036—4045 dollar), o‘rtadan yuqori daromadli (kishi boshiga yiliga 4046—12 535 dollar) va yuqori daromadli (kishi boshiga yiliga 12 536 dollar yoki undan ko‘p)) mamlakatlarning milliy kambag‘allik chegarasi ko‘rsatkichiga asoslangan.

    Shunday qilib, O‘zbekiston kambag‘allik ko‘rsatkichi bir kishi uchun kuniga 3,2 dollar etib belgilangan o‘rtadan past daromadli mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu miqdor shunchaki Markaziy bank kursi bo‘yicha konvertatsiya qilinmaydi, balki XQPdan kelib chiqib qayta hisoblanadi.

    Xarid qobiliyati paritetini qayta hisoblash koeffitsiyenti — bu AQSh dollariga Qo‘shma Shtatlarda sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarni mahalliy bozorda ham xuddi o‘shancha miqdorda va xuddi o‘sha ko‘rinishda xarid uchun zarur bo‘lgan valyuta birliklari sonidir. XQP asosidagi qayta hisoblash koeffitsiyenti bo‘yicha O‘zbekistondagi turmush qiymati jahonning boshqa mamlakatlari bilan taqqoslaganda ancha past. Boshqacha aytganda, mamlakatdagi aksariyat tovar va xizmatlar nisbatan arzon.

    Milliy kambag‘allik chegarasi

    O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini hisoblash uchun insonning kundalik oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga oluvchi minimal iste’mol xarajatlari (MIX)dan foydalanishga qaror qilindi.

    Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeytsning fikricha, MIX metodining ko‘plab ustun jihatlari bor. Ko‘rsatkich faktlarga asoslangan hamda O‘zbekistondagi odamlar va uy xo‘jaliklarining haqiqiy turmush sharoitlarini inobatga olgan, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yondashuv kambag‘allik chegarasini belgilash bo‘yicha xalqaro standartlar, metodlar va normalarga mos keladi, shu bilan birga uning natijalari O‘zbekistonning o‘ziga xosliklarini ham hisobga oladi.

    Ko‘rsatkich quyidagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib hisoblangan:

    • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash uchun mo‘ljal ko‘rsatkichni joriy etish;
    • minimal iste’mol xarajatlaridan kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
    • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzililigini oshirish, shuningdek ularning doimiy monitoringini yuritish.
    Minimal iste’mol xarajatlarini hisoblash uchun tajriba sifatida Jahon banki ko‘magida 2020-yilda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tanlab olingan 5 400 ta uy xo‘jaliklarida so‘rovnoma o‘tkazilgan. Bunda so‘rovnomada ishtirok etgan uy xo‘jaliklari xarajatlari miqdori bo‘yicha o‘nta guruhga ajratilib, ushbu oilalar orasidan eng kam xarajat (daromad)ga ega 30 foiz uy xo‘jaliklari ajratib olingan.

    So‘rovnoma natijasida olingan ma’lumotlar asosida mazkur oilalarda jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar bir oyda kishi boshiga (2021-yildagi narxlar o‘zgarishini inobatga olgan holda) kamida 440 ming so‘mni tashkil etishi hisob-kitob qilingan.

    Minimal iste’mol xarajatlarini hisoblash tajribasini yakuniga yetkazish maqsadida 2021-yilda Davlat statistika qo‘mitasi Jahon banki bilan birga 10 mingta uy xo‘jaliklarida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Mazkur so‘rovnomalar natijasidan kelib chiqib, yil yakuniga qadar minimal iste’mol xarajatlarni hisoblash metodologiyasini tasdiqlash va uni qayta hisoblangan miqdorini e’lon qilish ko‘zda tutilmoqda.

    Milliy kambag‘allik chegarasi qanday hisoblab chiqilgan?

    Milliy kambag‘allik chegarasini hisoblab chiqishda ko‘rsatkich juda yuqori yoki past bo‘lib qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Agar ko‘rsatkich yuqori darajada belgilansa, bu, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillarining fikricha, quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
    • moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanishi. Yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligicha qolaveradi — hozirda iqtisodiyot tarmoqlarida band 11 million kishining bor-yo‘g‘i 5 millionga yaqini daromad solig‘i to‘lamoqda;
    • aholining iqtisodiy faolligiga salbiy ta’sir (boqimandalik kayfiyatining rag‘batlantirilishi);
    • makroiqtisodiy muvozanatning buzilishi (makroiqtisodiy barqarorlikka inflyatsiya kanali orqali bo‘ladigan salbiy ta’sir);
    • yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikni rag‘batlantirish;
    • ijtimoiy to‘lovlarning davlat byudjetiga bosimi yuqori darajada oshishi.
    Agar ko‘rsatkich past darajada o‘rnatilsa, u holda davlat uning moddiy va boshqa ijtimoiy yordamiga muhtoj maqsadli (target) aholi guruhlarini aniqlay olmay qoladi. Shu bois ko‘rsatkich davlat olib borayotgan ijtimoiy siyosatning obyektiv indikatori vazifasini o‘tay olmaydi.

    Uilyam Zeyts ham kambag‘allik chegarasini to‘g‘ri darajada belgilash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda.

    “‘To‘g‘ri daraja’ning belgilanishi uning qanday ishlatilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Kambag‘allik chegarasini aniqlashdan ko‘zlangan maqsad — davlatning e’tiborini yordamga eng muhtoj odamlarga qaratishdir”, — dedi u.

    Deylik, agar kambag‘allik chegarasi juda past belgilansa, aholining eng ehtiyojmand qatlamlari boshdan kechirayotgan jiddiy yo‘qchiliklarga qarshi kurashish uchun yetarlicha choralar ko‘rilmasligi xavfi mavjud. Ayni vaqtda, Jahon banki iqtisodchisining qayd etishicha, kambag‘allik chegarasi “o‘rta sinf” deb ataluvchi qatlamning turmush tarzi yoki farovon hayot darajasini belgilash uchun, qoida tariqasida, qo‘llanilmaydi.

    “Agar mabodo shu tarzda qo‘llanilgudek bo‘lsa, bu jamiyatning boshqa a’zolaridan ko‘ra ko‘proq darajada yordamga muhtoj odamlarni e’tibor va resurslardan mahrum qilishi mumkin. Shu sababli ham kambag‘allik chegarasini belgilash ustida ish olib borgan O‘zbekiston hukumati jamoasi so‘rov natijalarini jahonning boshqa mamlakatlarida qabul qilingan amaliyot bilan juda ehtiyotkorona taqqoslab chiqdi”, — dedi mutaxassis.

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Uning qayd etishicha, e’lon qilingan kambag‘allik chegarasi (bir kishi uchun oyiga kamida 440 ming so‘m) daromadi O‘zbekistonniki kabi bo‘lgan boshqa davlatlarnikiga nisbatan birmuncha yuqori.

    “Bu — e’lon qilingan chegara yuqorida nomi zikr etilgan mamlakatlar guruhiga nisbatan ancha baland ekanini va O‘zbekiston hukumati o‘z oldiga yetarli darajada katta maqsadlarni qo‘yayotganini anglatadi. Ayni damda, kambag‘allik chegarasi turg‘un bo‘lmay, o‘zgaruvchan sharoitlarga mos bo‘lishi ham muhim. Bu degani, kambag‘allik chegarasi mamlakatdagi narxlar va yashash xarajatlari bilan birga o‘sishi lozim”, — deya qayd etdi Uilyam Zeyts.

    Uning fikricha, ushbu holatda asosiy e’tiborni aholining kambag‘al qatlamlari o‘z byudjetini sarflaydigan eng muhim tovarlarga, xususan, oziq-ovqat va birlamchi ehtiyoj mahsulotlariga qaratmoq joiz.

    Minimal iste’mol xarajatlarini hisoblash formulasi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Birinchi bosqichda Jahon banki ko‘magida 5400 ta uy xo‘jaliklari o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan (2021-yil oxirigacha mazkur ko‘rsatkichni 10 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilgan).

    Ikkinchi bosqichda uy xo‘jaliklari iste’mol xarajatlari miqdori bo‘yicha 10 foizlik o‘nta guruh (detsillar)ga ajratilgan. Birinchi (eng past) guruhda xarajatlar miqdori kishi boshiga 217,7 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 10-guruhda bu miqdor 1,7 million so‘mga yetgan.

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Uchinchi bosqichda dastlabki uchta detsil minimal xarajatlarni hisoblash uchun referent guruh sifatida ajratib olingan.

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    To‘rtinchi bosqichda bir kishi iste’mol qiladigan 1 kilokaloriya narxi aniqlangan.

    Beshinchi bosqichda minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymati 1 kilokaloriya narxini 2200 ga (jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat quvvati) ko‘paytirish orqali aniqlangan.

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Oltinchi bosqichda referent guruhdagi har bir uy xo‘jaligining Engel koeffitsiyenti — ya’ni oziq-ovqat mahsuloti iste’molini umumiy xarajatlardagi ulushi aniqlangan.

    Yettinchi bosqichda minimal oziq-ovqat xarajatlarining Engel koeffitsiyentiga nisbati orqali minimal iste’mol xarajatlari qiymati aniqlangan.

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning ta’kidlashicha, 440 ming so‘mlik ko‘rsatkich dastlabki hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lib, ayni vaqtda, u butun aholiga emas, balki kambag‘allik sharoitlarida yashayotgan target guruhdagi shaxslarga taalluqli.

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    Infografika: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi

    “Masalan, Toshkent shahrida, Toshkent viloyati yoki boshqa viloyatlar markazida emas, balki qishloqda yashaydigan olti kishilik oilani olaylik. Demak, bu oilaning minimal iste’mol xarajatlari 2 million 640 ming so‘mni tashkil etadi. Odatda bunday oilalarda bir kishi ishlaydi. Oyda 3-4 marta bo‘ladigan dam olish kunlari va farzandlar bilan vaqt o‘tkazishni hisobga olsak, u holda bu oila kuniga o‘rtacha 100 ming so‘m daromad topishi kerak. Aslida bu unchalik kichik summa emas. Agar besh kishilik (uch bolali) oilani oladigan bo‘lsak, u holda bu ko‘rsatkich kuniga 80—90 ming so‘m atrofida bo‘lishi kerak”, — dedi u.

    Bu nima uchun muhim?

    Milliy kambag‘allik chegarasini belgilashning konseptual asoslari quyidagilardir:
    • milliy kambag‘allik chegarasi mamlakat ijtimoiy siyosati maqsadlariga muvofiq bo‘lishi va ularga erishish uchun xizmat qilishi lozim;
    • ushbu ko‘rsatkichni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib doimiy qayta ko‘rib chiqish va narxlarning davriy o‘zgarishini hisobga olish lozim;
    • milliy kambag‘allik chegarasini hisoblash metodi amaliy jihatdan foydali va nazariy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim;
    • ushbu ko‘rsatkich kambag‘allik va farovonlik darajasi ko‘rsatkichlariga muvofiq tarzda ishlab chiqilishi lozim.
    Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeytsning qayd etishicha, kambag‘allik chegarasining amaliyotda qo‘llanilishi hukumatga aholining shu vaqtgacha kambag‘al qatlamlariga kiritilmagan va shu bois hech qanday yordam olmagan vakillarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

    Ikkinchidan, bu ko‘rsatkich kambag‘al qatlamlardagi odamlarning kambag‘allikdan butunlay, bir umrga chiqib ketish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunga ehtiyojmandlar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy to‘lov dasturlari ham qisman yordam beradi.

    “Ayni vaqtda, xalqaro tajribani ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, kambag‘allikni barqaror qisqartirishning yana bir muhim omili — bu ish o‘rinlarining yaratilishi va ishchilarning ish haqlarini oshirishdir. Ayniqsa, ushbu imkoniyatlarni aholining muhofazaga eng muhtoj va har tomonlama cheklanib qolgan guruhlari uchun mavjudligini ta’minlash juda muhim”, — dedi Uilyam Zeyts.
    Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, “minimal iste’mol xarajatlarining to‘g‘riligi haqida uzoq bahslashish mumkin, biroq mazkur ko‘rsatkichning joriy etilayotgani oldinga tashlangan birinchi, tarixiy qadamdir”. Yil oxirigacha so‘rov o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari sonini 10 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan, bu esa minimal iste’mol xarajatlari miqdorini yanada aniqroq belgilash imkonini beradi. Ko‘rsatkich 25 foiz atrofida o‘zgarishi kutilmoqda.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “marra (planka)ning belgilangani juda foydali bo‘ladi, davlat shu marraga intilishga harakat qiladi”. Kambag‘allik darajasi iqtisodiy o‘sish va yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga ko‘payishi hisobiga qisqarib boradi.

    “Maqsadimiz — o‘sishga erishish. O‘zbekistonning hozirgi, nisbatan yosh va ko‘payib borayotgan aholisi bilan o‘sish ko‘rsatkichlari boshqalarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

    Moliya vaziri Timur Ishmetovning fikricha, ushbu ko‘rsatkichning joriy etilishi aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat majburiyatlari va vazifalarini bajarish nuqtayi nazaridan adolatni ta’minlash imkonini beradi.

    “Kelgusida bu mamlakat iqtisodiy siyosatini belgilab beruvchi yo‘nalishga aylanishi mumkin va aylanadi ham. Chunki iqtisodiy siyosatni, ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda, tabiiyki, chuqur tahlillar, aniq ma’lumotlar zarur va eng asosiysi, ko‘plab amaldorlar unutib qo‘yadigan narsa — odamlar farovonligini oshirishdir. Agar barcha ko‘rsatkichlarni — ishlab chiqarishning o‘sishi, YaIM, inflyatsiya va boshqalarni olib ko‘rsak, har biri alohida chuqur ma’noga ega emas. Bu ko‘rsatkichlar jamlangandagina odamlar hayotini yaxshilash uchun indikator vazifasini o‘taydi”, — dedi Timur Ishmetov.
    Moliya vazirining qayd etishicha, shunchaki iqtisodiy o‘sishning o‘zi yetarli emas — iqtisodiy o‘sishdan keladigan samara aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi shart.

    17.06.2021, 16:03   Izoh (0)   29356
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan Airways Nukus—Aqtau—Nukus yo‘nalishida muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi

    17.06.2021, 15:11

    Shavkat Mirziyoyev Andijonda metall konstruksiyalar korxonasi tashkil etishga ko‘rsatma berdi

    17.06.2021, 14:57

    Yunusobod va Yashnobod tumanlari IIO FMBga yangi boshliqlar tayinlandi

    17.06.2021, 14:34

    Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifini Izboskandagi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rishdan boshladi

    17.06.2021, 13:33

    Yangiyo‘lda yo‘lning qatnov qismiga yotib olgan piyodani bosib ketib, voqea joyidan yashiringan Nexia haydovchisi qo‘lga olindi

    17.06.2021, 13:11

    O‘zbekistonda 18-iyun kuni 41 darajagacha issiq bo‘ladi, ayrim hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin

    17.06.2021, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16

    La Liga. VAR 16 marta “Barselona” foydasiga qaror qabul qilgan, “Real Madrid” eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoaga aylandi

    Sport | 30 may, 10:03

    “Italiyadagi supervulqon global halokatga olib kelishi mumkin” — olimlar

    Dunyo | 30 may, 09:59

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.