Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Daniya va Finlyandiya terma jamoalari 12-iyun, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Kopengagenda o‘tgan o‘yinda noxush holat sodir bo‘ldi. Bellashuvning 43-daqiqasida Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen hushini yo‘qotdi. Unga maydonda jonlantirish muolajalari o‘tkazlidi va shu sababli o‘yin deyarli 2 soatga to‘xtab qoldi.

Bahs qayta tiklangach, jamoalar birinchi bo‘limni yakunlab qo‘ydi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa Yoel Poxyanpalo Finlyandiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 1-tur

12-iyun, shanba

Daniya – Finlyandiya 0:1

Gol: 0:1 – 59 Poxyanpalo.

Amalga oshirilmagan penalti: Hyoybyerg (74).

Daniya: Shmeyxel, Kristensen, Kyer (Vestergor, 63), Mele, Vass (Larsen, 75), Hyoybyerg, Dileyni (Kornelius, 76), Eriksen (Yensen, 43), Vind (Olsen, 63), Poulsen, Breytueyt.

Finlyandiya: Gradeski, Uronen, Oshonessi, Raytala, Arayuuri, Lud, Kamara, Sparv (Shyuller, 76), Toyvio, Poxyanpalo (Forss, 84), Pukki (Kauko, 76).

Ogohlantirishlar: Lud (4), Sparv (51).