• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Uembli”dan “Parken”gacha. Yevro—2020 o‘yinlari qaysi stadionlarda o‘tkaziladi?

    2021-yilga ko‘chirilgan Yevro—2020 musobaqasi boshlanishiga 1 kun vaqt qoldi. Musobaqa 11-iyun, juma kuni Turkiya—Italiya uchrashuvi bilan ochib beriladi. “Daryo” quyida Yevropa chempionati bahslariga mezbonlik qiladigan stadionlar haqida batafsil ma’lumot beradi.

    “Uembli”, London

    “Uembli” — musobaqaning asosiy stadioni. Bu yerda final va yarim finaldan tashqari yana 8 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Buyuk Britaniya hukumati may oyining o‘rtalarida stadionga 10 ming muxlis kirishi mumkinligini aytgan edi, may oyining oxirida esa Angliya Kubogi finalida “Uembli”ga 20 ming muxlis tashrif buyurdi.

    Angliya futbol federatsiyasi UEFAga guruh bosqichi o‘yinlariga stadion sig‘imining chorak qismiga muxlislar kirishiga ruxsat berilishini, hal qiluvchi o‘yinlarda esa 50% muxlisga ruxsat berilishini xabar qildi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Hempden Park”, Glazgo

    Koronavirus pandemiyasi xavfiga qaramasdan 7-aprel kuni Shotlandiya rasmiylari “Hempden Park”ka kirishga 12 ming muxlisga ruxsat berilishini e’lon qildi. Bu stadionning 25% qismi to‘ladi degani. Shubhalarga o‘rin qolmadi — o‘yinlar Angliyaga ko‘chirilmaydi (favqulodda vaziyatlar yuz bermasa).

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Yohan Kroyff Arena”, Amsterdam

    Niderlandiya futboli rasmiylari 13 ming muxlis Yevro o‘yinlarini Amsterdam stadionidan kuzatish imkoniga ega bo‘lishini tasdiqladi. Bu qaror yana ko‘rib chiqilyapti va yakunda bu ko‘tsatkich yana 5 mingga oshishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Milliy stadion”, Buxarest

    Ruminiyaliklar Yevro—2020 o‘yinlariga 13 ming muxlisni kirishiga ruxsat berdi. Bu stadionning chorak qismi. Ushbu stadonda tajriba maqsadida o‘yinlar o‘tkazildi. Bahorda “Chelsi” va “Atletiko”ning Chempionlar Ligasi pley-off o‘yinlari shu stadionda bo‘lib o‘tdi.

    “Biz yirik sport musobaqasining bir qismiga aylanib, tashkilotchilik va xavfsizlik borasida talablarga javob bera olishimizni butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ymoqchimiz”, — dedi Ruminiya sport vaziri Eduard Novak.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Parken”, Kopengagen

    Mart oyining oxirida Daniya hukumati Yevro—2020 musobaqasiga stadionning 30% qismi to‘lishiga ruxsat berishini ma’lum qildi. UEFAning rasmiy xabariga ko‘ra, stadionning 25-33% qismiga muxlislar kirishi tasdiqlangan.

    Daniya madaniyat vaziri: “Agar imkoni bo‘lsa, biz ko‘proq muxlisni stadionga kiritamiz. Agarda virus epidemiyasining yangi to‘lqini boshlansa, biz o‘yinlarni muxlislarsiz o‘tkazishga majburmiz. Bunday vaziyatda muxlislarni stadionga kiritish mumkin emas”, — deb aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Sankt-Peterburg”, Sankt-Peterburg

    Rossiyada 7 ta o‘yin o‘tkaziladi: guruh bosqichining 6 ta va chorak final 1 ta o‘yini. Avvaliga 4 ta o‘yin o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi. Ammo Irlandiyaning potytaxti Dublin rad javobini bergach, o‘yinlar Peterburgga ko‘chirildi.

    Tashkiliy qo‘mita rahbari Aleksey Sorokin o‘yinlar minimal cheklovlar bilan o‘tkazilishini aytib o‘tdi.

    “Yevropa chempionatiga optimizm bilan qarayapmiz. Biz stadionning 50 foizini to‘ldirish bo‘yicha kelishuvga erishganmiz. Chet etldan kelgan muxlislarni ham kiritishga ruxsat olish bo‘yicha ish olib boryapmiz. Rossiyadagi o‘yinlar minimal cheklovlar va qoidalarga zid bo‘lmagan tarzda bo‘lib o‘tadi, deb umid qilamiz”, — dedi Sorokin.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Estadio de la Kartuxa”, Sevilya

    Avvaliga E guruhi va Ispaniya terma jamoasining o‘yinlari Bilbaoda bo‘lishi aytilgan edi. Lekin basklar mamlakati epidemiologik xavfsizlik talablariga javob bermagani uchun o‘yinlarni qabul qilish huquqidan mahrum bo‘ldi. Barcha o‘yinlar Sevilyaga ko‘chirildi. Bu variantni Ispaniya futbol federatsiyasining o‘zi taklif qildi. 60 ming muxlis sig‘adigan stadionga 20 mingga yaqin muxlis tashrif buyurishiga ruxsat berildi.

    Ispaniya terma jamoasi bu qarordan xursand: Sevilyada basklar mamlakatidan ko‘ra qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislar ko‘p bo‘ladi. Bilbaoliklar Ispaniya terma jamoasi uchun unchalik jon kuydirishmaydi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Alyans Arena”, Myunxen

    Tashkiliy qo‘mita xabariga ko‘ra Myunxendagi asosiy stadionga epidemiologik vaziyatga qarab 14,5 ming muxlis (20%) kiritilishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Pushkash Arena”, Budapesht

    Barcha tribunalarini ochadigan yagona stadion. “Pushkash Arena” hozircha stadionda muxlislar soniga cheklov qo‘ymayapti.

    “Biz epidemiologik vaziyatga qarab stadionga muxlislarni kiritmoqchimiz. Lekin xavfsizlik talablariga yuqori darajada mas’uliyatni his qilgan holda yondashamiz”, — deb aytib o‘tdi Vengriya futbol assotsiatsiyasi vakili.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Olimpiya stadioni”, Baku

    Ozarbayjon hukumati stadionning 50% qismiga (34 ming muxlis) ruxsat bera olishini ma’lum qildi.

    “Olimpiya stadioni”da yuqori darajadagi terma jamoalar o‘yinlari o‘tishi ko‘zda tutilmagan. Faqatgina Turkiya terma jamoasining o‘sha stadionga tashrifi katta qiziqish uyg‘otishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Stadio Olimpiko”, Rim

    Aynan Italiya poytaxtida Yevro—2020 ning dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tadi. UEFA ma’lumotiga ko‘ra stadionga 17,6 ming muxlis kirishiga ruxsat bor.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    10.06.2021, 16:00   Izoh (0)   29384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UEFA Superliga sabab “Real”, “Barselona” va “Yuventus”ga nisbatan ochilgan tartib-intizom ishini to‘xtatdi

    10.06.2021, 15:01

    Braziliya terma jamoasi Amerika Kubogi—2021 uchun yakuniy qaydnomani e’lon qildi

    10.06.2021, 13:00

    JCh—2022 yo‘lida. Braziliyadan navbatdagi g‘alaba, Argentina so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Urugvayda esa durang

    09.06.2021, 09:49

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Fransiya terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi, Jirudan dubl

    09.06.2021, 04:23

    Angliya eng qimmat, Portugaliya — 5, Turkiya esa 10-o‘rinda. Yevro—2020 ning eng qimmat terma jamoalari

    08.06.2021, 15:03

    O‘zbekistonda “Qarabtep” (“lanka”) xalq o‘yini federatsiyasi tashkil etiladi

    08.06.2021, 13:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.