• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zaro o‘yinlarda g‘alaba qozonmagan Turkiya yengilmas Italiyaga qarshi. Uzoq kutilgan Yevro—2020 musobaqasi bugun boshlanadi (prevyu)

    Yevro—2020 musobaqasining dastlabki o‘yini Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. A guruhi vakillari — Turkiya va Italiya o‘zaro bahs olib boradi. Quyida mazkur uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Italiya. Rim. “Stadio Olimpiko”

    11-iyun, juma

    Turkiya – Italiya 00:00

    Bosh hakam: Danni Makkeli (Niderlandiya)

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Turkiya Yevro—2020 ning kashfiyoti bo‘ladimi?

    “Qotil-mashina”, “musobaqa kashfiyoti”. Shu va shunga o‘xshash nomlar har bir musobaqada terma jamoalarga tamg‘a sifatida yopishtiriladi. Oxirgi sanaganimiz esa Turkiya terma jamoasiga mos keladi. Ushbu terma jamoa futbolchilari Yevropaning yetakchi jamoalarida to‘p suradi. Jumladan, Yusuf Yaziji, Zeki Chelik, Burak Yilmaz “Lill” safida Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

    Italiyaga qarshi bahs haqida nima deyish mumkin? Turkiya terma jamoasining murabbiyi Shenol Gyunesh taktik jihatdan kuchli murabbiylar sirasiga kiradi. Bu o‘yin A guruhi yetakchisi bo‘lishga asosiy da’vogarni aniqlab berishini hisobga olsak, Gyunesh Italiyaga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani aniq.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Turkiya “ikkinchi raqam” ostida yaxshi harakat qiladi. Niderlandiyaga qarshi mundial saralash o‘yinidagi g‘alaba shu tarzda qo‘lga kiritildi. Norvegiyaga qarshi bahsda ham Turkiya “ikkinchi raqamli jamoa” bo‘lib harakat qildi. Ikkala o‘yinda ham Turkiya o‘yin boshida gol urib olgan va qolgan vaqtda qarshi hujumlarga tayanib harakat qilgan.

    Italiya. O‘z uyingda devorlar ham yordam beradimi?

    Rimda joylashgan “Olimpiko” stadioniga 17,5 ming muxlis tashrif buyurishiga ruxsat bor. Italiya terma jamoasini o‘z uyida qo‘llab-quvvatlovchi muxlislar yig‘iladi. Turkiya ushbu o‘yinda nominal mezbon sifatida harakat qilsa ham, o‘yin Rimda bo‘lib o‘tayotganini hisobga olsak, Italiya o‘zini haqiqiy mezbon sifatida his qiladi.

    Italiya saralash bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlaganini unutmaslik kerak. Manchini shogirdlari oxirgi marta 2018-yil oktabr oyida Millatlar Ligasi yarim finalida Portugaliyaga mag‘lub bo‘lgandi. Shundan buyon italyanlar birorta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zaro o‘yinlar tarixi

    Turkiya va Italiya shu paytgacha o‘zaro 14 marta to‘qnash kelgan va 10 ta o‘yinda Italiya g‘alaba qozongan 4 ta durang qayd etilgan. Turkiya hali biror marotaba g‘alaba qozonmagan.

    O‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik hisob 1964-yilgi Olimpiada saralashi doirasidagi o‘yinda qayd etilgan. Italyanlar 7:0 hisobida raqibidan ustun kelgan.

    Jamoalar o‘rtasidagi eng oxirgi o‘yin 2006-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tgan. Italiya va Turkiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ushbu bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.

    Murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    O‘yin texnik, taktik va fizik jihatdan yuqori darajada bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Aks holda Italiya o‘yinni qanday borishini nazorat qiladi. Bir lahza ham diqqatni chalg‘itmasligimiz zarur. Juda qiyin guruhga tushgan bo‘lsak ham pley-off bosqichiga chiqish bizning asosiy vazifamiz. O‘ylaymanki, Yevro—2020 finalida Italiyaga qarshi bahs olib boramiz.Shenol Gyunesh, Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Hozircha asosiy tarkib bo‘yicha yakuniy qarorga kelganim yo‘q. O‘rganib chiqish kerak bo‘lgan narsalar bor, lekin barcha futbolchilarning diqqati jamlangan.Turkiya terma jamoasiga hurmat bilan muomala qilishimiz lozim. Turkiya iqtidorli futbolchilarga boy jamoa. Ochilish o‘yinlari doim qiyin kechadi. Muxlislarga quvonch bag‘ishlaydigan o‘yin ko‘rsatish kerak. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Barcha o‘ylardan xalos bo‘lgan holda, diqqatni o‘yinga qaratishimiz kerak.

    Roberto Manchini, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Jamoalarning oxirgi 10 ta o‘yinidagi (o‘zaro emas) natijalari: 

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Taxminiy tarkiblar:

    Turkiya: Ug‘urjan Chaqir; Zeki Chelik, Merix Demiral, Chag‘lar So‘yunjyu, Umut Merash; Okay Yokushlu, Ozan Tufan, Xoqon Chalxono‘g‘lu, Yusuf Yaziji; Kenan Karaman, Burak Yilmaz.

    Italiya: Janluiji Donnarumma; Alessandro Florensi, Leonardo Bonuchchi, Jorjio Kyellini, Leonardo Spinatssola; Nikolo Barella, Jorjinyo, Manuel Lokatelli; Domeniko Berardi, Chiro Immobile, Lorenso Insinye.

    Mavzuga doir: Uch yildan buyon yutqazmayotgan Italiya, eski mavqeyiga qaytayotgan Turkiya, “ajdarlar” va “bankirlar”. Yevro—2020 A guruhi haqida

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    11.06.2021, 17:18   Izoh (0)   29037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    La Liganing 2020/21-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    11.06.2021, 16:02

    Dahshatli tarkibga ega Fransiya va Portugaliya, Lyovning “nemis mashinasi”dagi so‘nggi “sayr”i va bechora Vengriya. Yevro—2020 ning “o‘lim guruhi” haqida

    11.06.2021, 14:59

    Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasi lagerini tark etdi. U Singapurga qarshi o‘yinda jarohat olgandi

    11.06.2021, 14:35

    Shohjahon Ergashev bugun Toshkentda tanzaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

    11.06.2021, 13:15

    Yevro—2020. Raqamlar so‘zlaganda: 17 yoshli “bolakay”lardan 38 yoshli “amaki”largacha

    11.06.2021, 12:01

    “Real”dan bitta ham o‘yinchi olmagan Ispaniya, Zlatansiz Shvetsiya, Levandovskiga ishongan Polsha va kamtargina Slovakiya. Yevro—2020 E guruhi haqida

    11.06.2021, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.