Qizilqum cho‘lining janubiy-sharqida joylashgan Oyoqog‘itma botig‘i atrofida olib borilayotgan tadqiqotlar davomida neolit davriga oid yangi neolit makoni topildi, deb xabar beradi “Yuz.uz” nashri.

Foto: “Yuz.uz”

Yangi neolit makoni Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat universiteti mutaxassislaridan tarkib topgan guruhning Qizilqum cho‘lini janubi-sharqida joylashgan Oyoqog‘itma botig‘i atrofida olib borayotgan tadqiqotlar davomida topilgan.

Oyoqog‘itma-2 nomi bilan atalgan ushbu makonda 370 ta tosh buyumlar, mikrofauna, oxra va gulxan qoldiqlari aniqlangan.

Foto: “Yuz.uz”

Shu bilan birga, Qorasigir botig‘i yaqinida paleolit davriga oid bir qator (7 ta punkt) yangi toshga ishlov berish ustaxonalari topilgan. Ushbu ustaxonalardan kulrang va jigarrangli kremniylardan hamda slaneslardan ishlangan ko‘plab ishlov berilgan tosh buyumlar aniqlanib, texnik-tipologik jihatdan o‘rta paleolit davriga oid ekani taxmin qilingan.

Avvalroq Ichanqal’ada qadimiy quduq topilgani va uning yoshi 150 da ekanligi taxmin qilinayotgani, Qo‘qondagi Jome majmuasida qadimiy tangalar topilgani, shuningdek, “Dasturxonchi” madrasasini ta’mirlash ishlari vaqtida ham qadimgi topilmalar — ko‘zalar topilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.