• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonunchilik palatasi deputatlari iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari iqtisodchi Yuliy Yusupovning energetika sektori islohotlariga oid fikrlarini tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida energetika sektorida islohotlar qachon boshlanishiga oid savol bilan yuzlanib, sohada o‘zgarish qilish zarur bo‘lgan takliflarni bildirgan. Erkin energiya ta’minoti bozorini yaratish, elektr energiya importini liberallashtirish, elektr stansiyalarini xususiylashtirish, elektr va gaz chakana savdosida raqobatni kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidan.

    Mazkur postga quyi palata deputati Nodir Jumayev munosabat bildirdi. Uning fikrlari palata rasmiy saytida “Tahlilsiz tanqid — changga qurilgan qasr kabidir!” sarlavhasi ostida e’lon qilingan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Uning (Yuliy Yusupovning — tahr.) fikrlari va takliflarini o‘qib, kishi taajjubga tushadi. Go‘yoki, sohada hech qanday islohotlar amalga oshirilmayotgandek. Yoki bo‘lmasa, 4 yil oldingi energiya ta’minoti bilan bog‘liq haqiqiy holatni bilmagandek”, — deya ta’kidlagan deputat.

    Nodir Jumayev 2021-yil 12-fevral kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan “Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidenti qarori loyihasiga e’tibor qaratgan. Mazkur hujjat bilan quyidagi vazifalarni o‘zida aks ettirgan O‘zbekiston energetika bozori regulyatori tashkil etilishi belgilanmoqda:

    • energetika sohasida davlat ulushini kamaytirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash hamda elektr energiyasini yakuniy iste’molchilarga yetkazib berish narxlarining asossiz oshishining oldini olish;
    • energetika sohasida raqobatli bozorni shakllantirishni tashkillashtirish;
    • elektr energiyasi tariflarini shakllantirishda aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga oid normalarni joriy etish;
    • xalqaro biznes amaliyotiga muvofiq, tabiiy va suyultirilgan gaz savdosini erkinlashtirish va xizmatlar sifatini yaxshilash.
    Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat hozircha qabul qilinmagan.

    “Umuman olganda, energiya resurslari va undan foydalanish bilan bog‘liq muammolarning tizimli ravishda o‘z yechimini topayotganini barchamiz o‘z hayotimizda ko‘rib, guvohi bo‘lyapmiz. Bundan 4−5 yil oldin mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida soatlab, jadval asosida elektr energiyasidan uzib qo‘yilishiga deyarli barham berildi”, — deydi deputat. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda “iste’mol qilingan energiya uchun to‘lovning zamonaviy va shaffof tizimi yo‘lga qo‘yilgan”.

    Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo (3−7-iyun) kuzatilishi bilan bir vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda elektr uzilishlari haqida xabarlar tez-tez tarqalib turdi. Umumiy ovqatlanish sohasidagi ayrim tadbirkorlar elektr uzilishi sabab mahsulotlarning buzilib qolayotganini ham ma’lum qildi. Energetika vazirligi esa elektr tarmog‘idagi uzilishlar 1−3-iyun kunlari kuchli shamollar, shuningdek, haroratning sezilarli darajada oshishi tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin oshishi bilan bog‘liqligini qayd etdi.

    “Joriy uzilishlar — uzoq yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibatidir. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar sohada yaqin vaqtlar ichida o‘zining ijobiy samaralarini beradi, albatta”, — deydi Nodir Jumayev.

    Energetika sohasidagi islohotlar borasida quyi palata deputati Farhod Zayniyev ham o‘z fikrlarini bildirgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Energetikani rivojlantirishga doir jamoatchilik fikrini fuqarolarning energiya ta’minoti muammolarining o‘tkirligi va dolzarbligi haqidagi tasavvurlari shakllantiradi. Shu bilan birga, ba’zi fuqarolar energiya tanqisligi muammosi haqida shunchalik ‘tashvishdaligidan’ o‘zining yuzaki hukmlariga asoslanib fikr yuritishga harakat qilishmoqda”, — degan u.

    “Elektr energiyamiz tizimi asosan o‘tgan asrda qurilgan, amalda modernizatsiya qilinmagan issiqlik elektr stansiyalaridan iborat ekanligini inobatga olsak, energiya taqchilligi muammosi uzoq vaqt mavjud bo‘lganligi sir emas. Bugungi kunga kelib issiqlik elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvati o‘rnatilganlarning taxminan 60 foizini tashki qiladi. Shu bilan birga, aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni ortishi tufayli energiya iste’moli barqaror o‘sib bormoqda”, — deya ma’lum qiladi deputat.

    Deputat keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda yillik elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 68,5 milliard kilovatt/soatni, talab esa 71 milliard kilovatt/soatni tashkil etadi. Kamomad qo‘shni davlatlardan import hisobiga qoplanadi. U o‘tgan 3−4 yil mobaynida energetika sohasidagi vaziyat “sezilarli darajada yaxshilanganini” qo‘shimcha qilgan.

    “Agar 2018-yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish 62,8 milliard kilovatt/soatni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib mavjud tizimlar quvvatini modernizatsiya qilish va quvvatini oshirish tufayli 68,5 milliard kilovatt/soatga ortdi”, — deya ta’kidladi Farhod Zayniyev.

    “Bir necha yil avval, ayniqsa, hududlarda eng dolzarb muammolardan biri elektr energiyasi taqchilligi va yetishmasligi bo‘lgani barchamizni yodimizda. Elektr energiyasini butun yil davomida, ba’zan bir necha sutkagacha o‘chirishar edi. Bunaqa sharoitda investitsiyalarni jalb qilish u yoqda tursin, tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi. Hozir bunday muammolar yo‘q, mamlakatning eng chekka hududlari ham elektr energiyasi ta’minlanmoqda”, — deydi deputat.

    Shunga qaramasdan, u “ba’zi muammolar tezda hal qilinmayotgani va bugungi kunda elektr energiyasi ta’minotida kichik uzilishlar mavjud”ligini tan olgan.

    “Men elektr energiyasi ta’minoti sifati bilan bog‘liq vaziyat dinamikasi va hukumatning energetika sektorida olib borayotgan islohotlarining shaffofligi mazkur soha barqaror yaxshilanayotganidan dalolat beradi, deb hisoblayman”, — deya yakunladi Farhod Zayniyev.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida 2021-yilda O‘zbekistonda davlat va xususiy elektr stansiyalari va iste’molchilar ishtirokida ulgurji elektr energiyasi bozorini shakllantirish, shuningdek, suyultirilgan gaz olib kirish bo‘yicha tabiiy gaz ta’minoti va bojlar monopoliyasini bekor qilish boshlanishini ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2021–2022-yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

    10.06.2021, 20:11   Izoh (0)   16733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston vakillari foydalanadigan ashyolar nufuzga loyiq darajada bo‘lishi shart”. Mudofaa vazirligi “15 mln so‘mlik ruchkalar” xaridi bo‘y...

    10.06.2021, 19:21

    Jizzaxda yuk ortish talablarini buzgan haydovchilar norozilik bildirib, xalqaro yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

    10.06.2021, 18:56

    O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 35 ta hujjat imzolandi

    10.06.2021, 18:32

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Samarqand va Xatlon viloyatlarida qurilgan ijtimoiy obyektlarni ochilish marosimida ishtirok etdi

    10.06.2021, 18:08

    Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topilgan Jasur Umirov qamoqdan chiqdi (video)

    10.06.2021, 17:47

    Toshkentda o‘tgan 5 oyda avtobuslar ishtirokida 35 ta YTH sodir etilgan

    10.06.2021, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda kompaniya xodimlari oynaga qaragani va ish vaqtida ovqatlangani uchun jarimaga tortilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 09:53

    “Manchester Yunayted” o‘z futbolchisini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 09:50

    Isroil mudofaa vaziri Xomanaiyni “zamonaviy Gitler” deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 09:49

    Tailand bosh vazirining Kamboja sobiq rahbari bilan telefon suhbati internetga tarqab ketdi

    Dunyo | 20 iyun, 09:40

    O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi — tadqiqot

    O‘zbekiston | 20 iyun, 09:24

    Isroil Eronga qarshi urushda kuniga qancha mablag‘ sarflamoqda?

    Dunyo | 20 iyun, 09:13

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.