Qo‘qon shahridagi Jome majmuasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari davomida yer ostidan qadimgi tangalar topildi.
Tangalarni qazib olgan Muhammadjon Tojiboyev topilmalar Jome majmuasiga kirish qismi oldidagi gulzor tuprog‘ini yangilash vaqtida topilganini aytdi.
Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, arab tilidagi yozuvlar bitilgan mis tangalar Qo‘qon madaniyati va tarixi muzeyiga keltirilib, ayni paytda mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Dasturxonchi” madrasasini ta’mirlash ishlari vaqtida ham qadimgi topilmalar — ko‘zalar topilgan edi.
Izoh (0)