Angren shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 23-aprel kuni Angren shahri “Bog‘i Surh” MFY Abay ko‘chasidagi uyda yashovchi F.N.ning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqur natijasida qabr ochilgan.

Foto: Angren shahar hokimligi matbuot xizmati

30-aprel kuni fuqaro bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar bergan. Muzey xodimlari 1-may kuni Angren shahar “Bog‘i Surh” MFY Abay ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida uning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borgan.

Foto: Angren shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Angren shahar hokimligi matbuot xizmati

Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr Qovunchi madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi 3-4 asrlarga tegishli ekanligi qayd etilgan. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar qazib olingan.

Foto: Angren shahar hokimligi matbuot xizmati