Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida bir erkak cho‘kib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, erkak Anhor kanalida cho‘kayotgan qizni ko‘rib qolgan va uni qutqarish maqsadida suvga o‘zini tashlagan.

Qizni qutqargan erkakning o‘zi suvdan chiqolmay, cho‘kib ketgan. Erkakni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Samarqanddagi suv omborida cho‘kib ketayotgan fuqaro qutqarib qolingani, Mo‘ynoqda ikki o‘smir kanalga cho‘kib ketgani hamda Qashqadaryoda 14 yoshli bola kanalda cho‘kib ketib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.