Daryo

Qashqadaryoda 14 yoshli bola kanalda cho‘kib ketib, vafot etdi

Bola darsdan so‘ng do‘stlari bilan kanalga cho‘milish uchun borgan

1 daqiqa o‘qish54 188 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani “Samarqand” mahallasida 2007-yilda tug‘ilgan A.A. kanalda cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Nasafnews” xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bola o‘rtoqlari bilan uyi yaqinidagi kanalga cho‘milish uchun borgan. Shu payt kanalga ko‘p suv kelishi oqibatida cho‘kib ketgan.

Vafot etgan bola Nishon tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7 sinfida tahsil olardi. Voqea dars soatlari tugagandan keyin, tushlik payti taxminan soat 13:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Bu haqdagi ma’lumotni nashrga tasdiqlagan Nishon tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Jahongir Xolmurodov baxtsiz hodisa 27-may kuni sodir bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Bundan avval Nukusda o‘zini kanalga tashlagan 16 yoshli qiz qutqarilgani, Namanganda maktab o‘quvchisi 36 yashar ayolni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yuborgani hamda Nukusda o‘zini kanalga tashlagan 21 yoshli qizni Milliy gvardiya xodimlari qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar