Kanadaning Nyu-Bransuik provinsiyasida noma’lum kasallikning tarqalishi qayd etildi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.
Nevrolog Nil Keshmanning aytishicha, bemorlarda tezkor progressiv aqli zaiflik va ruhiy kasalliklar aniqlandi. Bemorlar kasallikning simptomlarini xuddi miya va umurtqaning tanani boshqarish qobiliyatini yo‘qotganidek namoyon bo‘lishini aytdi.
“Odamlar xavotirda. Odamlar kasallikning ekologik yoki irsiy omil bilan bog‘liq-bog‘liqmasligi haqida savol bemroqda. Sifatsiz go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish ushbu kasallikni keltirib chiqaradimi? Odamlar savollariga javob olishni istaydi”, — dedi kasallik tarqalgan shaharlardan birining meri Ayvon Godin.
Ushbu kasallik birinchi marta 2015-yilda qayd etilgan edi, shundan buyon bu kasallik 48 kishida aniqlangan, ularning olti nafari vafot etgan. Mutaxassislar uyqusizlik, harakat funksiyasining izdan chiqishi, xotiraning susayishi, charchoq va gallyutsinatsiya kasallikning asosiy simptomlari ekanini aytmoqda. Shu bilan birga, shifokorlar kasallikka aniq tashxis qo‘ya olmayapti, chunki, ularning namoyon bo‘lishi bir-biri bilan muayyan bog‘liqlikka ega emas.
Avvalroq Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib insonda H10N3 parranda grippi aniqlandi. Kasallik Szyansu provinsiyasining Chjenszyan shahrida yashovchi 41 yoshli erkakda tasdiqlangan. 23-aprel kuni u isitma va boshqa noma’lum simptomlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, 28-may kuni mutaxassislar bemorning tahlillarini o‘rganib, u H10N3 parranda grippi bilan kasallangan degan xulosaga keldi. Erkak kasallikni aynan qanday yuqtirgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilmagan.
Izoh (0)