• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 14-iyundan 2 ming va 20 ming so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi (foto)

    O‘zbekistonda 2021-yilning 14-iyunidan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

    Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk ipak yo‘li” va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston tarixiga bag‘ishlangan.

    Banknotlar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

    2000 so‘mlik banknot

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    O‘lchami 142 x 69 millimetr banknotning o‘ng tarafidagi och fonda qadimgi “Buyuk ipak yo‘li” karvon yo‘lining ramzi sifatida tuya va “2000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

    Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 1,5 millimetr bo‘lgan “UZB” yozuvi mavjud metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

    Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – qirmizi va och yashil ranglardan iborat.

    Banknot old tomoni chap qismida dastlab miloddan avvalgi I asrda qad ko‘targan, eramizning IX–X asrlarida qayta qurilgan (hozirgi qiyofasi, asosan, XVI asrda shakllangan) Buxoro arkining ko‘rinishi tasvirlangan.

    Yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “2000” raqami joylashtirilgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida tilla rangdan yashil rangga o‘zgaradi.

    Banknot yuqori o‘ng qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori o‘ng burchagida O‘zbekistonning gerbi qirmizi rangda joylashgan.

    O‘ng va chap tomoni chekkasida qirmizi rangda joylashgan maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

    Banknotning quyi qismida naqshinkor bezak asosida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

    Quyi qismning chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “IKKI MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

    Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi.

    “Xonatlas” fonida tushirilgan O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k chiziqlar bilan “Buyuk ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    Yuqori chap qismida Buxoro shahrining ramzi hisoblangan “ikki o‘rkachli tuya” tasviri registr vazifasini bajargani holda “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli fon bilan qo‘shilib, to‘liq tasvir hosil qiladi.

    Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi IV–III asrlarda qadimgi karvon yo‘li o‘tgan Poykend shahrining xarobalari, ya’ni “POYKEND ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

    O‘ng qismida Buxoro viloyati hududidagi “Varaxsha” arxeologiya yodgorliklaridan topilgan VIII asrga taalluqli devoriy ganchkor bezak tasviri hamda miloddan avvalgi III ming yillik davriga tegishli ro‘zg‘or idishi – arxeologiya topilmasi aks etgan.

    Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

    Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “2000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “IKKI MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

    20 000 so‘mlik banknot

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    O‘lchami 147 x 69 millimetr. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi bo‘lgan tuya va “20000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

    Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 3 millimetrli “dinamik” effektiga ega bo‘lgan, yuqori himoyalangan, uchta to‘rtburchak yo‘l ko‘rinishidagi banknotning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan.

    Yorug‘lik manbaida ip to‘liq ko‘rinishga ega bo‘lib, banknotning istalgan qiyalik ko‘rinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo bo‘ladi.

    Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – ko‘k, binafsha va jigarranglardan iborat.

    Banknot old tomoni chap qismida hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida miloddan avvalgi IV asrda qurilgan, XX asrning 30-yillarida topilgan “QO‘YQIRILGAN QAL’A” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

    Yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “20000” raqami joylashgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida qirmizi rangdan yashil rangga o‘zgaradi.

    Banknot yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori o‘ng burchagida O‘zbekiston gerbi siyoh rangda joylashgan.

    O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan siyoh rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

    Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

    Quyi qismining chap tomonidan banknot qiymatini aks ettiruvchi “YIGIRMA MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

    Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi.

    Yuqori qismdagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

    Yuqori chap qismidagi Qoraqalpog‘iston xalqining kashtachilik matolarida qo‘llaniladigan naqsh bezagi tasviri registr vazifasini bajargani holda “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq naqsh hosil qiladi.

    Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi IV asrga tegishli bo‘lgan, Sulton Uvays tog‘laridan janubiy sharqqa qarab ketgan balandliklar tepasida joylashgan “JONBOS QAL’A ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

    O‘ng qismida miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Orol–Kaspiy dengizi oralig‘ida yashagan xalqlarga tegishli sopol idish hamda miloddan avvalgi I asrga tegishli qadimiy aholi tomonidan zardushtlik marosimlarida foydalanilgan tuya ko‘rinishidagi artefakt aks etgan.

    Ushbu tasvirlar metallograf bosma usulida, ikki xil rang (siyohrang va jigarrang)da aniq chegaralangan holda bosilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

    Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

    Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “20000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “YIGIRMA MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

    “Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart”, – deyiladi Markaziy bank xabarida.

    Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda o‘zbek so‘mining eng katta qiymatli kupyurasi 100 000 so‘m hisoblanadi. Mazkur kupyura 2019-yil 25-fevraldan muomalaga chiqarilgan.

    04.06.2021, 20:18   Izoh (0)   161212
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlari 11 soatga elektr ta’minotidan uziladi

    04.06.2021, 20:10

    Toshkentda triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sabab ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

    04.06.2021, 19:24

    Andijonda 100 gektar yer ajratib berish evaziga 128 ming dollar pora olgan mansabdor shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    04.06.2021, 19:09

    Toshkent tumanida 19 yoshli yigit transformator toki urishi oqibatida vafot etdi (video)

    04.06.2021, 18:38

    Maktabgacha ta’lim vaziri koronavirusga qarshi emlandi

    04.06.2021, 18:23

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    04.06.2021, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.