Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliyadan yetkazib berish hajmining qisqargani va Kolumbiyadagi logistika muammolari sababli arabika navli qahvaning narxi to‘rt yil ichida maksimal darajada oshdi. Bu haqda Trading Economics ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Amerikaning ICE birjasida iyul shartnomasining qiymati 2016-yil oxiridan buyon qahvaning bir funti uchun maksimal 1,572 dollargacha ko‘tarildi va shundan keyin 1,55 dollargacha tushdi.

Yirik arabika navini ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda kuzatilgan qurg‘oqchilik ushbu mavsum uchun hosil prognozlarining pasayishiga, shuningdek, 2022-yilgi hosillarning xavf ostida qolishiga olib keldi. Shu bilan birga, arabikaning ikkinchi eng yirik eksportchisi bo‘lgan Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari fonida yo‘llarning yopib qo‘yilishi sababli qahva eksporti qiyinlashdi.

Shuningdek, Xitoyda talabning o‘sishi sababli keyingi yilda sutning narxi rekord darajada qimmatlashishi mumkin, deb yozmoqda Financial Times. Yangi Zelandiyaning sut ishlab chiqaruvchi Fonterra kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, 1-iyundan boshlab 12 oy davomida bir kilogramm quritilgan sut narxi 7,25-8,75 Yangi Zelandiya dollarini (5,26-6,35 dollar) tashkil qiladi.

Avvalroq Hindistonda issiq havo, qurg‘oqchilik va koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi sababli choy hosili xavf ostida qolgani haqida xabar berilgandi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, choy ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan Assam shtatidagi eng kamida 90 ta choy plantatsiyasida umumiy hisobda o‘simliklarning koronavirus bilan zararlanishi bo‘yicha 500 ta holat ro‘yxatga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)