• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi, Fransiyada COVID-19’ga qarshi emlanish majburiy bo‘lishi mumkin, Argentinada bir kunda rekord darajada ko‘p odam kasallandi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda pandemiya boshidan buyon 168 979 381 kishi koronavirus bilan kasallangan, shularning 3 511 570 nafari vafot etgan. Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (33,2 million), Hindiston (27,5 million), Braziliya (16,3 million), Fransiya (5,6 million) va Turkiya (5,2 million) oldinda bormoqda.

    Kolumbiyada soliq islohotiga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Suratda: universitet teatr truppasi ishtirokchisi Bogotada hukumatga qarshi marsh chog‘ida tomosha ko‘rsatmoqda

    Kolumbiyada soliq islohotiga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Suratda: universitet teatr truppasi ishtirokchisi Bogotada hukumatga qarshi marsh chog‘ida tomosha ko‘rsatmoqda
    Foto: AP Photo

    Hindistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

    Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida tibbiyot mutaxassislari koronavirusning shu paytgacha noma’lum bo‘lgan shtammini aniqladi. Uning genomi SARS-CoV-2’ning Britaniya va Janubiy Afrika variantlariga taalluqli bo‘lgan biryo‘la bir nechta asosiy mutatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

    Koronavirusning potensial xavfli variant Kalkuttadagi Xolera va ichak kasalliklarini o‘rganish milliy instituti olimlari tomonidan kashf qilindi. Ta’kidlanishicha, yangi COVID-19 turi Hindiston g‘arbida paydo bo‘lgan.

    Mutaxassislar mamlakatning turli hududlarida yashovchi koronavirus aniqlangan ikki mingdan ortiq odamlarning biologik suyuqligi namunalarini tadqiq qilib chiqdi. G‘arbiy Bengaliyadan kelgan namunalarning 16 foizga yaqini COVID-19’ning shu paytgacha noma’lum bo‘lgan shtammi bo‘lib chiqdi.

    Olimlar virusning yangi va xavfliroq variatsiyalari endi tobora ko‘proq paydo bo‘la boshlashidan ogohlantirdi.

    “Bizning taxminimizcha, bu mutatsiyalar SARS-CoV-2’ning ushbu turini yanada yuqumliroq hamda immunitet uchun sezilarsizroq qilishi kerak. Bu uning G‘arbiy Bengaliya hududi bo‘ylab tarqalishida yordam berishi mumkin… Koronavirusning bu shtammi Hindistondagi epidemiologik vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin”, — deya qayd etdi tadqiqot mualliflari.

    Mavzuga doir: Hindistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorda sariq zamburug‘ qayd etildi

    Fransiyada COVID-19’ga qarshi emlanish majburiy bo‘lishi mumkin

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fuqarolarning alohida guruhlari uchun koronavirusga qarshi emlanish majburiy qilib qo‘yilishi mumkinligini aytdi.

    “Barcha eshiklar ochiq qolmoqda”, — dedi davlat rahbari jurnalistlar majburiy vaksinatsiya borasidagi fikrlarini so‘raganidan keyin.

    Bir necha kun avval Fransiya Milliy tibbiyot akademiyasi COVID-19’ga qarshi majburiy vaksinatsiyani joriy qilishni tavsiya etgan edi. Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda u kasallanish bo‘yicha jiddiy xavf ostida bo‘lgan muayyan kasb egalari uchun, undan keyin esa jamoaviy immunitetga erishish yo‘lida mamlakatning butun aholisi uchun zarur bo‘ladi.

    Shu bilan birga, o‘tgan yilning 24-noyabrida telemurojaati chog‘ida Makron mamlakat hududida majburiy vaksinatsiya joriy etilmasligiga ishontirgan edi.

    Mavzuga doir: Yoqutiston Rossiya hududlari ichida birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi majburiy emlashni joriy qildi

    Argentinada bir kunda rekord darajada ko‘p odam COVID-19’ni yuqtirib oldi

    Argentinada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kecha-kunduzda 41 mingdan ziyodga ko‘paydi, bu pandemiya boshidan buyon mamlakatda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Shu tariqa jami kasallanganlar soni 3,6 milliondan oshdi.

    Bir kunda 41 080 kishida COVID-19 aniqlangan, bundan avvalgi rekord 19-mayda qayd etilgan (39 652). Pandemiya boshidan buyon 3 663 215 kishi virusga chalingan. O‘tgan 24 soat ichida kasallikdan 551 kishi vafot etgan, jami o‘lim holatlari soni esa 76 135 taga yetdi.

    Argentinada koronavirusga qarshi emlash 2020-yil oxirida boshlangan, mamlakatda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ma’qullangan.

    Mavzuga doir: Argentinada koronavirus sabab futbol musobaqalari to‘xtatildi. Yozda u yerda Kopa Amerika—2021 bo‘lib o‘tadi

    Shuningdek:
    • Parijda 29-may kuni mashhur Indochine guruhi ishtirokida maxsus “sinov konserti” bo‘lib o‘tadi. Undan maqsad shunday ommaviy tadbirlar o‘tkazilganda koronavirus bilan kasallanish xavfi oshish-oshmasligini aniqlash. Konsertda besh ming nafar ko‘ngilli ishtirok etadi, ular manfiy natijali testni taqdim etishi hamda shou vaqtida niqob taqishi kerak bo‘ladi.
    • Germaniyada iyundan 12—16 yoshli bolalar uchun koronavirusga qarshi emlanish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Yoz oxiriga kelib esa mamlakatning emlanish istagidagi barcha fuqarolari vaksina olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    • Kasallanish sur’atlarining pasayishi fonida Kipr hukumati epidemiologik cheklovlarni yumshatishga qaror qildi. Xususan, 10-maydan komendantlik soati bekor qilinadi. 26-may kuni Kiprda bor-yo‘g‘i 69 kishi COVID-19’ga chalingan.

    28.05.2021, 18:08   Izoh (0)   14965
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti Ryanair samolyotining Minskka majburiy qo‘nishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

    28.05.2021, 17:34

    Peskov: “Putin Lukashenkodan kechirim so‘ramagan”

    28.05.2021, 15:34

    Turkiya keng ko‘lamli dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda (foto va video)

    28.05.2021, 14:59

    Suriya prezidenti Bashar Asad to‘rtinchi muddatga qayta saylandi

    28.05.2021, 13:34

    NYT: AQSh razvedkasi COVID-19 kelib chiqishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi

    28.05.2021, 10:35

    Nexta bosh muharriri Polsha hukumatidan himoya so‘radi

    28.05.2021, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.