Zinedin Zidan “Real” bosh murabbiyi lavozimini tark etgani haqida xabar berilgandi.

Foto: Twitter

The Telegraph xabariga ko‘ra 48 yoshli mutaxassis Yevropa chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutadi. U aynan shu sabab Madrid klubini tark etgani aytilmoqda. Hozirda “uch-ranglilar” jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Angliyaning “Tottenhem” klubi murabbiyning rejalari qanday ekanligini bilish uchun Zidaning atrofidagilar bilan bog‘lanishga harakat qiladi. Shuningdek, London klubining “Inter”dan iste’foga chiqqan Antonio Konteni taklif qilmoqchi ekanligi xabar qilinmoqda, jamoa italiyalik murabbiyga yiliga 20 million yevro maosh bermoqchi.

Zidan o‘z xohishiga ko‘ra 2022-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani bekor qildi. U murabbiy sifatida “qirollik klubi” boshqaruvida 276 o‘yin o‘tkazib, 174 ta g‘alaba, 53 ta durang, 36 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Fransiyalik mutaxassisning madridliklar bilan qo‘lga kiritgan sovrinlar soni esa 11 tani tashkil qiladi.