Toshkentda imkoniyatlari cheklangan 24 yoshli qizni kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Toshkent shahar IIBB mazkur jinoyatni sodir etgan 28 yoshli M.D. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Mirobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori tomonidan M.V.ga himoya orderi berilgan.
Bundan avval Boysunda XDP deputati noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangani, Navoiyda o‘quvchi qizning onasi farzandidan maktabga formada kelishini so‘ragan o‘qituvchini kaltaklagani hamda Toshkentda qizi va nevarasi tomonidan kaltaklangan 87 yoshli onaxonga himoya orderi berilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)