O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida 24-may kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Los-Anjelesda Billboard Music Awards mukofotlari bo‘lib o‘tdi. Suratda DJ Marshmello va Jonas Brothers a’zosi Jo Jonas.

Foto: AP Photo

Angrenda 8 transport ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatda 7 kishi vafot etdi, 14 kishi jarohatlandi.

Foto: “Daryo”

Kongoda Nyiragongo vulqoni otilishi sababli evakuatsiya ishlari boshlandi. Lava allaqachon 2 millionga yaqin odam yashaydigan Goma shahriga yetib bordi. So‘nggi bor 2002-yilda otilgan vulqon oqibatida 250 kishi halok bo‘lgan, 120 ming kishi uysiz qolgan.

Foto: AP Photo

Tokioda Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada 23-iyul kuni boshlanadi.

Foto: Getty Images

7 kishi halok bo‘lgan Angrendagi YTH oqibatida Lacetti’lardan biri yonib ketdi. Voqea bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Foto: “Daryo”

Quddusda politsiya qarorgohi oldida isroilliklarni pichoqlagan falastinlik otib o‘ldirildi.

Foto: EPA

Los-Anjelesda o‘g‘li Adonis hamrohligida Billboard Music Awards mukofotini qabul qilayotgan qo‘shiqchi Dreyk.

Foto: Reuters

Fil Mikelson Janubiy Karolina shtatidagi Kiava orolida bo‘lib o‘tgan golf bo‘yicha PGA chempionatining uchinchi bosqichida ishtirok etmoqda.

Foto: Reuters

Moskvaning Bolshaya Yakimanka ko‘chasida rassom Pokras Lampas tomonidan yo‘qolgan bolalar ismlari yozilgan graffiti taqdim etildi.

Foto: “TASS”

Germaniyaning Travemunde shahrida qum haykallari ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: Getty Images

Falastin bayrog‘ini ko‘targan yahudiy bola Nyu-York shahrining Kvins tumanida falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishida qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Avstraliyaning Kanberra shahridagi parlament binosi oldida oiladagi zo‘ravonlikka qarshi faollar namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: EPA

Hindistonda koronavirus tufayli qayd etilgan o‘limlar soni bo‘yicha antirekord yangilandi. Bir sutka davomida Hindistonda COVID-19 bilan kasallangan 4454 nafar odam hayotdan ko‘z yumdi. Shu bilan mamlakatda COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 300 ming nafardan oshib ketdi.

Foto: EPA

Isroil havo hujumi oqibatida vayron bo‘lgan G‘azodagi kafe ayvonida o‘tirgan falastinliklar.

Foto: Shutterstock

Buyuk Britaniyaning Bliz shahri qirg‘oqlarida sayr qilib yurgan odamlar.

Foto: PA

Tailandda Thai Vietjet Air ekipaj a’zolari va xodimlari COVID-19’ga qarshi emlanmoqda.

Foto: EPA

Germaniyadagi dalada bir nechta daraxtlar atrofida gullagan kolza.

Foto: AP Photo

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi imzolangan sulhdan so‘ng bir necha kun o‘tgach, iti bilan Tel-Avivdagi sohilda yurgan syorfingchi.

Foto: AP Photo

Tibbiyot xodimlari odamlarni Bangkokdagi Bang Sue markaziy stansiyasida koronavirusga qarshi CoronaVac vaksinasini olishga chaqirmoqda.

Foto: AFP

Londonda Bonhams kimoshdi savdosi uyida qurollar va zirhli ashyolar press-namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

COVID-19 kasalligiga qarshi emlanish uchun Blekberndagi “E Sajidin” masjidida tashkil etilgan ko‘chma klinika oldida navbatda turgan odamlar.

Foto: Getty Images