Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining so‘nggi, 38-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 22-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Real” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni yengdi. Yeremi Pino birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Karim Benzema hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa Luka Modrich madridliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Ammo bu g‘alaba “qirollik klubi”ga chempion bo‘lish uchun yetarli bo‘lmadi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Atletiko M” safarda “Valyadolid”ni mag‘lub etdi. “Matraschilar”ning gollariga Anxel Korrea va Luis Suares mualliflik qildi. Mezbonlardan Oskar Plano o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Barselona” Antuan Grizmanning yagona goli evaziga “Eybar”dan ustun keldi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Shu tariqa 2020/21-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra “Atletiko” Ispaniya chempioni bo‘ldi. “Real” ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Barselona” kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

La Liga

38-tur bahslari

22-may, shanba

“Eybar” – “Barselona” 0:1

Gol: 0:1 – 81 Grizmann.

“Valyadolid” – “Atletiko” 1:2

Gollar: 1:0 – 18 Plano, 1:1 – 57 Korrea, 1:2 – 67 Suares.

“Real” – “Vilyarreal” 2:1

Gollar: 0:1 – 20 Pino, 1:1 – 87 Benzema, 2:1 – 90+2 Modrich.