“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn yozgi transfer oynasida klubini almashtirmoqchi.
Angliyalik futbolchi yozda jamoani tark etmoqchi va bu haqda rahbariyatni ogohlantirgan. Unga “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Chelsi”dan qiziqish bor.
The Telegraph xabariga ko‘ra, londonliklar prezidenti Deniel Levi 27 yoshli futbolchini ingliz klublariga qo‘yib yubormoqchi emas va uni 150 million funtga (175 mln yevro) baholamoqda.
Da’vogarlar orasida “Chelsi” yetakchilik qilmoqda, biroq manbaga ko‘ra, “Tottenhem” va “Chelsi” o‘rtasidagi kuchli raqobat sabab muzokaralar jarayoni o‘ta qiyin bo‘ladi.
Keyn Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumida 33 o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)