Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda davlat soliq inspeksiyasi xodimi 3,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, DXX, shahar prokuraturasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining katta inspektori MChJ vakilidan 3,5 ming dollar olganida ushlangan.

Bu pullarga MChJda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini ta’minlashni va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o‘rganib chiqish uchun fevral oyidan buyon kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda