Osiyo futbol konfederatsiyasi Shimoliy Koreya (KXDR) terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashida qatnashishdan bosh tortganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bunga mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq holat yomonlashib ketgani asosiy sabab bo‘lgan. Avvalroq Shimoliy Koreya Tokioda (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashmasligini ma’lum qilgandi.
Shimoliy Koreyaning saralashdan chiqishi guruhdagi qolgan o‘yinlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi qaror FIFA tomonidan qabul qilinadi.
KXDR termasi JCh—2022 saralashi 2-bosqichida H guruhida Janubiy Koreya, Turkmaniston, Livan va Shri-Lanka terma jamoalari bilan guruhdan joy olgandi. Jamoa o‘tkazilgan 5 o‘yinda 8 ochko jamg‘argan holda guruhda 4-pog‘onani egallab turgandi.
Izoh (0)