Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turk aktrisasi Fahriye Evjen folloverlarini bayram bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Xonanda Imron Instagram’dagi jonli efirga bog‘langan muxlisasiga “Yomon qiz” qo‘shig‘ini ismiga moslab kuylab berdi.

Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i xeyterlarga murojaat yo‘lladi.

Foto: Instagram

Badiiy so‘z ustasi Botir Muhammadxo‘jayev Toshkent markazida kichik hayvonot bog‘i ochgani tufayli san’atda tanaffus qilayotgani haqida so‘zlab berdi.

Shahzoda barcha muxlislarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

“O‘zbekiston” telekanali boshlovchisi Nargiza Azizova uni ko‘pchilik Bollivud yulduzi Ayshvariya Rayga o‘xshatishi haqida so‘zlab berdi.

Farhod Alimov va Rayhon ham folloverlariga bayram munosabati bilan iliq tilaklarni yo‘lladi.

Foto: Instagram

Otabek Mirzaxolov Dilshod Mirzamurotovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, obrazdagi suratlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojarolarga munosabat bildirib, bayram ham tatimayotganini ma’lum qildi.

Munisa Rizayeva singlisi Karimani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Avvalroq xonanda singlisiga Porsche Taycan avtomobilini sovg‘a qilgan edi.