Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Bir necha oydan beri Turkiyada bo‘lgan Jahongir Otajonov Toshkentga qaytish uchun koronavirusga test topshirganini ma’lum qildi. Keyinroq u sahifasiga yana bir video joylab, Istanbuldan samolyot soat 18:45 da uchishini aytib o‘tdi.

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusuf bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Alisher Fayzning may oyiga rejalashtirilgan konserti noma’lum muddatga qoldirildi.

Bollivud yulduzi Priyanka Chopra Max Factor brendining yuziga aylandi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zilola G‘ulomova filmlardagi yong‘in sahnalari qanday suratga olinishini namoyish etdi.

Botir Qodirov Dubaydan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari yog‘ narxining qimmatlashishi mavzusida tayyorlagan miniatyurasi ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda.

Ozoda Nursaidova ham Dubayda dam olmoqda.

Foto: Instagram

Shahzoda turmush o‘rtog‘i Tracker sovg‘a qilganidan keyin avvalgi mashinasi — Equinox’ning taqdiri qanday kechganini ma’lum qildi.

Munisa Rizayeva muxlislariga Dubaydan esdalik sovg‘alari olib kelishini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Shahlo Zoirova sevimli atirini unga yaxshi xizmat ko‘rsatgan Yandex taksi haydovchisiga sovg‘a qilib yubordi.

Lola sahifasiga yangi surat joyladi hamda Moskvada ob-havo yaxshi ekanligiga ishora qildi.

Foto: Instagram

Bokschi Shahram G‘iyosov onasining tug‘ilgan kuniga kutilmagan syurpriz uyushtirdi hamda jarayon videosini folloverlariga namoyish etdi.

“Bravo” guruhi a’zosi Shahlo Zoirova Yandex taksi xizmatidan foydalanganidan so‘ng haydovchiga minnatdorchilik tariqasida atirini sovg‘a qilgani haqida so‘zlab berdi.