• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Aziz yurtdoshlar!

    Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

    El-yurtimiz uchun insonparvarlik, sabr-qanoat, xayr-u saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram kunlarida barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

    Hammamiz guvohi bo‘lib turganimizdek, keyingi bir yildan ziyod vaqt davomida butun dunyo mamlakatlari qatori jonajon O‘zbekistonimiz ham pandemiya bilan bog‘liq murakkab sinovlarni boshidan o‘tkazmoqda.

    Bunday sharoitda Ramazon oyi va hayit bayramining mohiyatida mujassam bo‘lgan mehr-muruvvat, ehtiyojmand toifalarga har tomonlama ko‘mak va yordam ko‘rsatish, hayot tashvishlari va muammolarini birgalikda, o‘zaro yelkadosh bo‘lib hal etishdek olijanob qadriyatlar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    O‘zining milliy urf-odat va an’analariga sodiq, mehnatkash, va saxovatli xalqimiz ana shunday yuksak fazilatlarni yaqqol namoyon etib, muqaddas Ramazon oyini tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitida o‘tkazgani hamda ushbu e’zozli ayyomni katta shod-u xurramlik bilan kutib olayotgani unga alohida fayz-u shukuh bag‘ishlamoqda.

    Bugungi kunda keng ko‘lamli islohot va tub o‘zgarishlar natijasida yangilanib borayotgan yurtimizda xalq bilan muloqot, inson huquq va manfaatlarini, jumladan, vijdon erkinligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu borada ulkan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Bu haqda so‘z yuritganda, xalqimizning boy va qadimiy diniy-ma’naviy merosini tiklash va faol targ‘ib etish, buyuk ajdodlarimizning tabarruk qadamjolarini obod qilish bo‘yicha olib borilayotgan salmoqli ishlarni alohida ta’kidlash lozim.

    Jumladan, Qashqadaryo viloyatida – kalom ilmining atoqli namoyandasi Abu Muin Nasafiy, Namangan viloyatida – tasavvuf ta’limotining yirik vakili Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida Suzuk ota yodgorlik majmualari bunyod etildi. Ko‘plab masjidlar, madrasa va diniy obidalar qayta qurilmoqda va ta’mirlanmoqda, poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi jadal davom ettirilmoqda.

    Muborak Ramazon oyida yana bir ulkan xayrli ishni boshlaganimiz – buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriyning Samarqand viloyatidagi yodgorlik majmuasini ul zotning musulmon olamidagi beqiyos obro‘-e’tibori va nufuziga munosib holda barpo etishga kirishganimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Milliy tariximizda birinchi marta ko‘p jildli “Islom” ensiklopediyasi nashr etila boshlagani ham muqaddas dinimizning asl mazmun va mohiyatini xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadamdir.

    Ko‘lami va miqyosi tobora kengayib borayotgan bunday amaliy ishlarimiz yangi O‘zbekistonni barpo etish, mamlakatimizda Uchinchi renessans poydevorini yaratish, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirishdek ezgu maqsadlarimizga uyg‘un va hamohang bo‘lib, barcha yurtdoshlarimizni ana shu g‘oyalar atrofida yanada birlashtirishga xizmat qilayotgani, ayniqsa, e’tiborlidir.

    Muhtaram do‘stlar!

    Bugungi shiddatli zamon barcha jabhalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

    Ayniqsa, dunyo miqyosida raqobat tobora keskin va shafqatsiz tus olayotgani, barqarorlikka nisbatan tahdidlar jiddiy tus olayotgani bizni doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashashga, farzandlarimizni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashdek g‘oyat mas’uliyatli ishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat berishga da’vat etmoqda.

    Zero, islom dini – avvalo, tinchlik va do‘stlik, ahillik va birdamlik, bilim va ma’rifat dinidir. Mana shu oliy haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz lozim.

    Bugungi osuda hayotimizning qadriga yetish, jamiyatimizda hukm surayotgan turli millatlar va elatlar, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni, fuqarolar orasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash barchamizning asosiy burchimizdir.

    Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur”, degan so‘zlari bugun ham dolzarb ahamiyatga ega.

    Binobarin, diniy qadriyatlarimizni, milliy o‘zligimizni ulug‘lab yashash bilan birga, davr talabi bo‘lgan zamonaviy ilm-fan yutuqlari, axborot texnologiyalarini egallashga alohida e’tibor qaratishimiz, yosh avlodimizni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashimiz kerak.

    Hurmatli ulamolarimiz, imom-xatiblarimiz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, muhtaram nuroniylarimiz – keng jamoatchilik yaqin hamkorlikda bu borada yanada faol va samarali ish olib boradilar, deb ishonaman.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Alloh taoloning marhamati yog‘iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda sizlarni yana bir bor aziz-u mukarram Iyd ul-Fitr bilan chin dildan tabriklayman.

    Dunyoning uzoq-yaqin mamlakatlari musulmonlarini ham samimiy qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor bo‘lishiga tilakdoshman.

    Mehnatkash va oqko‘ngil xalqimizning mo‘tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lsin!

    Jonajon Vatanimizni, aziz xalqimizni Yaratganning O‘zi panohida asrasin!

    Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev,

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi
    • Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
    • Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

    12.05.2021, 21:58   Izoh (0)   17254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer uchastkalari, bino va inshootlar inventarizatsiya qilinadi

    12.05.2021, 21:22

    “Tadbirkorlarni uyg‘otishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev past quvvatlarda ishlayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini jonlantirish bo‘yicha topshiriq berdi

    12.05.2021, 20:59

    Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi

    12.05.2021, 20:26

    Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

    12.05.2021, 19:46

    Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi shaxs 2 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    12.05.2021, 19:10

    Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi

    12.05.2021, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.