• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekologiya qo‘mitasi Bo‘stonliqda “Qizil kitob”ga kiritilgan ayiq rossiyalik ovchi tomonidan o‘ldirilishiga nega ruxsat berilganiga izoh berdi

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirilgani, uni otishga Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bergani haqida xabar tarqalgandi. Qo‘mita holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

    Foto: Telegram / @ekologuz

    Foto: Telegram / @ekologuz

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 15-moddasida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan. Qonun talabiga asosan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshiriladi.

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi esa yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini talabnomalar asosida tayyorlaydi va Fanlar akademiyasiga yuboradi. Fanlar akademiyasining yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosasi asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga yuboradi.

    Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlaydi hamda hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

    Xuddi shu qonunning 16-moddasida esa O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishi ko‘rsatib qo‘yilgan. To‘lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi.

    Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar miqdorlari ushbu qonunning 1-ilovasiga muvofiq belgilab qo‘yilgan. Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ovlashga ham ayni shu tartibda, ya’ni qonuniy talablarga to‘liq amalga qilgan holda ruxsat berilgan.

    2020-yilning 25-noyabrida Fanlar akademiyasiga qonun talablariga asosan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini ko‘rib chiqib, xulosa berish uchun so‘rov yuborilgan. 2020-yilning 4-dekabrida Fanlar akademiyasining Bioresurslar bo‘yicha idoralararo komissiyasi 2021-yil uchun noyob va “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarga ajratilgan kvotalar to‘g‘risidagi xulosasini qo‘mitaga taqdim etgan. Unda 2 dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini tutish ham ko‘rsatilgan.

    Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining “Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir 2021-yilgi kvotani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilinadi. Mazkur buyruqda kvotaga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tutish, ya’ni tabiatdan ajratib olish tartib-qoidalari aniq ko‘rsatilgan.

    Bundan tashqari, 2020-yilning 28-dekabrida bu haqda Vazirlar Mahkamasiga yozma ravishda rasmiy axborot berilgan. Hukumatning ayni masala bo‘yicha 2021-yil 8-yanvarda imzolangan topshirig‘ida “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni tabiatdan olishga qonun talablarida belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni ta’minlash topshirilgan.

    “Ko‘rib turganingizdek, barcha qonuniy talablar bajarilgandan keyingina ikki dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish orqali tutishga ruxsatnoma berilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan ‘Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida’gi qonunning 1-ilovasida tasdiqlangan miqdordagi to‘lovlarning davlat budjetiga undirilishi ta’minlangan”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.

    Shuningdek, qo‘mitaning ta’kidlashicha, ushbu xabarni tarqatgan Nargis Qosimova shu tartibdagi qonuniy asoslarni chuqur o‘rganmasdan, ayni jarayon bilan bog‘liq ma’lumotlarni tegishli tashkilotlar mutaxassislaridan aniqlamasdan jamoatchilikka noo‘rin xabar tarqatgan.

    “Muallif o‘z chiqishida bu mavzuga umuman aloqasi yo‘q shaxsiy qarashlarini biror isboti bo‘lmagan holda qonunga xilof ravishda bayon etgan. Dono xalqimiz iborasi bilan aytganda, o‘ylamasdan so‘ylagan, aholi orasida noto‘g‘ri tushuncha shakllanishiga sababchi bo‘lgan. O‘ylaymizki, huquqni muhofaza qilish organlari bu holatga o‘z vakolatlari doirasida qonuniy baho berishadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

    Ekologiya qo‘mitasining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida biolog mutaxassislar tomonidan olib borilgan hisob natijalariga ko‘ra, ayni paytda qo‘ng‘ir ayiqlar soni xabarda aytilganidek 150 emas, 500 ga yaqin aniqlangan.

    Bunga javoban ekofaol Nargis Qosimova Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun ruxsatmoma berilgan Rossiya fuqarosi Shirokov Ye. Bundan avval 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekistonga Buxarskiy urial (tog‘ qo‘yi) ovlash uchun kelganini ma’lum qilgan. 2020-yil fevral oyida bu hayvonlar BMTning “Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvon turlarini saqlab qolish” konvensiyasiga kiritilgan.

    “Nega ovchiga aynan yo‘qolib borayotgan turlarni ovlashga qo‘mita ruxsat beradi?”, — degan u.

    Nargis Qosimovaning aytishicha, 2019-yilda nashr qilingan “Qizil kitob”da qo‘ng‘ir ayiqlar soni 1970—1980-yillarda G‘arbiy Tyanshanda 200-220 tasi hisobga olingani, muhofaza choralari tufayli soni barqarorlashgani, g‘arbiy Tyanshanda umumiy ko‘rsatkich 250-300 taga yetgani ko‘rsatilgan. Piskom daryosi vodiysining yuqori qismida 1 ta, yirik darada 2-3 ta, Chotqol qo‘riqxonasida 40-45 tasi qayd etilgan. G‘arbiy Pomir-Oloyda katta qismi Hisor tizmasida hayot kechirishi, Hisor qo‘riqxonasida qo‘ng‘ir ayiqlar o‘rtacha 157 tani tashkil etishi yozilgan.

    “Uzog‘i bilan 205 ta, ammo 500 ta emas! 500 ta bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur. Ammo qani o‘sha hisoblangan hujjat? Nega u e’lon qilinmagan shu paytgacha? Keyin 500 ta ayiq ham ularni otish uchun asos bo‘la olmaydi”, — deydi Nargis Qosimova.

    “Eng qizig‘i, rais imzo chekkan ruxsatnomada Fanlar akademiyasi xulosasi ham turibdi. 2021-yilga 2 ta ayiqqa kvota ajratilgan. Ammo u yerda ‘O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga 2021-yilgi kvota’ deb berilgan, o‘ldirishga emas. Ilmiy o‘rganish borasida bo‘lsa, o‘ldirmasdan ham o‘rgansa bo‘ladi, ammo bu yerda gap yo‘qolib borayotgan turning o‘ldirilishi haqida ketyapti”, — deydi ekofaol.

    Nargis Qosimova Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisiga hech qanday xusumati yo‘qligini, O‘zbekiston fuqarosi sifatida mamlakat tabiati yo‘q qilinishini istamasligini ta’kidlab, yuqoridagi savollarga aniq javob so‘ragan.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida bir guruh shaxslar xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni o‘lasi qilib do‘pposlagan, Namangan viloyati Chust tumanida ham “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgan edi.

    12.05.2021, 17:46   Izoh (0)   59143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Yosixide Sugani O‘zbekistonga taklif qildi

    12.05.2021, 17:23

    Shavkat Mirziyoyev: “Go‘sht va yog‘ning jahon bozoridagi narxlari to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni chora-tadbirlar ko‘rishga undashi kerak”

    12.05.2021, 17:13

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    12.05.2021, 16:34

    Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi

    12.05.2021, 16:10

    Namanganda Ramazon hayiti arafasida mukammal ta’mirlangan “O‘n bir Ahmad” ziyoratgohi foydalanishga topshirildi

    12.05.2021, 15:33

    Chirchiqda hokimlik binosi oldida namoyishga chiqqan quruvchilarning ish haqini to‘lamagan tadbirkor jarimaga tortildi

    12.05.2021, 15:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.