Toshkentda Ramazon hayiti munosabati bilan avtobuslar harakati tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat”.

Foto: “Daryo”

Aksiyadorlik jamiyatining 2021-yil 11-maydagi 85-sonli “Ramazon hayiti bayramini nishonlash kunlarida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, 2021-yil 13, 14, 15, 16-may kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.

Bunga ko‘ra:

  • 2021-yil 13-may – dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00 dan boshlanadi;
  • 2021-yil 14-may – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2021-yil 15-may – dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2021-yil 16-may – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Bundan avval Xristian dinining “Ota-onalarni xotirlash” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentda 11-may kuni bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgani, Toshkentda yakshanba kunlari qator yo‘nalishlardagi Mercedes’lar o‘rnida Isuzu’lar qatnashi hamda O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi vaqtlari e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.