Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 35-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” va “Milan” 9-may, yakshanba o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Turinda kechgan bellashuvda milanliklar “Yuventus”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Braim Dias darvozabonning xatosini golga aylantirgan bo‘lsa, 78-daqiqada Ante Rebich o‘zining super zarbasidan keyin hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yin yakunlanishi arafasida esa Fikayo Tomori boshi bilan gol urib, jamoasiga yirik g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Milan”ning ochkolari 72 taga yetdi va 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Yuventus” esa (69) 5-o‘rinni band etgan.

A Seriya

35-tur bahsi

9-may, shanba

“Yuventus” — “Milan” 0:3

Gollar: 0:1 – 45 Braim Dias, 0:2 – 78 Rebich, 0:3 – 82 Tomori.

“Yuventus”: Shchensni, Kyellini, Aleks Sandro, de Ligt, Makkenni, Kuadrado, Bentankur (Kulusevski, 67), Rabyo, Kyeza (Dibala, 79), Ronaldu, Morata.

“Milan”: Donnarumma, Kalabriya, Tomori, Kyer, Teo, Chalxono‘g‘lu, Bennaser (Diogu Dalot, 82), Kessie, Salemakers (Meyte, 82), Braim Dias (Krunich, 70), Ibragimovich (Rebich, 66).

Ogohlantirishlar: Kyeza (53), Kyellini (57), Braim Dias (59), Salemakers (76).