29-aprel kuni Twitter’da daniyalik yozuvchi Dik King-Smitga bag‘ishlangan sahifada bo‘yi bir metrdan ortiq bo‘lgan dunyodagi eng baland o‘rdakning surati e’lon qilindi.
Long Boy bir necha yildan buyon York universiteti kampusining hududida yashab keladi. Qushning Instagram’da o‘z sahifasi bor bo‘lib, talabalar va universitet o‘qituvchilari uning hayotiga oid postlarni joylashtirib boradi.
2020-yilning kuzida talabalar ittifoqi Long Boy’ni “Suvda suzadigan eng yaxshi qush” teb topgan bo‘lsa, oradan yarim yil o‘tgach, qush universitet oldidagi xizmatlari uchun faxriy darajaga ega bo‘lgan.
Qush hatto koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha universitet kampaniyasida ishtirok etgan, ammo Long Boy’ga haqiqiy mashhurlik aprel oxirida kelgan. O‘shanda o‘rdak mamlakat qahramoniga aylangan edi.
O‘rdakka futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauch ham e’tibor qaratgan, uning bo‘yi ikki metrdan oshadi. Krauch tarixdagi eng baland bo‘yli futbolchilardan hisoblanadi. “Mening o‘rdagim”, — deb yozadi futbolchi.
Izoh (0)