Bill va Melinda Geyts 27 yillik turmushdan so‘ng kutilmaganda ajrashishga qaror qildi. Qiziq, dastlab ular o‘rtasidagi munosabat qay tarzda rivojlangan?

Foto: Pinterest

Bo‘lajak juftlikning yo‘li 1987-yilda Microsoft kompaniyasidagi brifingda kesishgan. O‘sha vaqtda Melinda Microsoft kompaniyasidan ish topib, muvaffaqiyatga erishgan edi. Bill esa aynan shu kompaniyani 10 yildan ortiq boshqarib, 31 yoshida u tarixdagi eng yosh milliarderga aylangan. Keyinchalik uning rekordini Facebook asoschisi Mark Sukerberg yangiladi, u bu muvaffaqiyatga 25 yil ichidan erishdi.

Foto: Glamour

Keyingi safar ular avtoturargohda ko‘rishdi. Bill Melinda bilan takror uchrashishga qaror qilgan, ammo bu yana ikki haftadan so‘nggina amalga oshishi mumkin edi. Yosh olim juda ko‘p vaqtini ishga sarf etar, hattoki 16 soatlab ishlar edi. Shuning uchun ham jadvalini bir necha hafta oldin rejalashtirardi. Natijada Bill o‘sha kuniyoq Melinda bilan uchrashishni iltimos qilishdan boshqa chorasi qolmadi.

Foto: Glamour

Juftlikning so‘zlariga ko‘ra, ularning munosabati shu tarzda rivojlanib borgan. Melinda romantikaga berilish borasida anchagina ehtiyotkor edi. Chunki bunga uning hayotidagi avvalgi munosabatlar to‘sqinlik qilgan. Uning sobiq sevgilisi juda ham shafqatsiz bo‘lib chiqqan. Ammo Bill butunlay boshqacha bo‘lib, unga ko‘pincha hazil qilgan.

Foto: Glamour

Billning so‘zlariga ko‘ra, Melinda o‘zining mustaqilligi bilan ham uni rom etgan. “U esa jumboqqa boy o‘yinlariga bo‘lgan muhabbati bilan e’tiborimni tortgan, – deb eslaydi Melinda. – Birinchi uchrashuvdayoq biz matematik masalani kim tezroq yechishi haqida bellashganmiz. Men g‘olib bo‘ldim va bu ikkimizni ham xursand qildi. Men g‘alaba qozonganimdan bo‘lsa, Bill o‘zi uchun raqib borligidan quvongan edi. Biz raqobatlashishni yaxshi ko‘ramiz. Bu bizning eng sevimli mashg‘ulotlarimizdan biri”.

Foto: Glamour

Juftlik turmush qurishga qaror qilishdan avval bir necha yillar mobaynida bir-birini kuzatgan. Melinda Billni hayotda ham xuddi biznesdagidek hukmron bo‘lishi haqida o‘ylar edi. Bill esa Melinda bilan uchrashishdan avval turmush qurish haqida umuman o‘ylamagan. U hattoki “Melinda bilan nikoh” ro‘yxatini tuzib, buning ijobiy va salbiy tomonlarini yozib chiqqan.

Foto: Glamour

Oradan biroz vaqt o‘tib, barcha shubhalar ortda qolgan. 1994-yil 1-yanvar kuni ular Gavayidagi Lanai orolida turmush qurgan. Keraksiz shov-shuv va paparattsilardan xoli ravishda Bill oroldagi mehmonxonaning barcha xonalarini sotib olgan va atrofida aylanib yuruvchi vertolyotlarni uchirgan. 15 daqiqa davom etgan to‘y marosimi Billga 1 million dollarga tushgan.

Foto: Glamour

Oradan ikki yil o‘tib, oilada Jennifer ismli qizaloq dunyoga keldi. 1999-yilda o‘g‘li Rori va 2002-yilda qizi Fibi tug‘ildi. Farzandlari tug‘ilgach Melinda kompaniyadagi ishini tark etgan va o‘zini oilasiga bag‘ishlagan. Ammo uy bekaligini o‘ziga mos deb bilmagan: “Bill juda ko‘p ishlar edi. Menga uy ishlarida yordam berish o‘rniga ham kitob o‘qir edi. Bu juda zerikarli”.

Foto: Glamour

Melindaning so‘zlariga ko‘ra, majburiy tug‘ruq ta’tillari qashshoqlikning asosiy sabablaridan biridir. “Hisob-kitoblarimga ko‘ra, ayol o‘rtacha bir farzandni tarbiyalash uchun 7 yil vaqt sarflaydi va bu vaqt davomida unga hech qanday kompensatsiya berilmaydi. U shuncha vaqtning bir qismini biror ishga sarflasa, oila farovonligi sezilarli darajada oshadi. Er va xotin teng bo‘lgandagina, nikoh mustahkam bo‘ladi. Ayol jimgina uydagi barcha ishni zimmasiga olmasligi kerak”, – deydi Melinda.

Foto: Glamour

Melinda ota-ona masalasida ham shu kabi qarashlarga ega. Bill o‘z boyligining katta qismini xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirmoqda. Farzandlarga esa boshlang‘ich kapital sifatida 10 million dollar beriladi. “Biz tirik ekanmiz, ular o‘zlariga yoqadigan ishni qilsin. Ammo ularni umrining oxirigacha ishsiz, faqat meros hisobiga yashash imkoniyatini bermaymiz”, – deydi Billning rafiqasi.

Foto: Glamour

Hozircha ajrimga nima sabab bo‘lganini Bill oshkor qilmadi. O‘zlari ma’lum qilganidek, juftlik uzoq vaqt mobaynida salbiy va ijobiy tomonlarni o‘rganishga va munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilganini ta’kidlagan. Melinda ajrimning sababi sifatida Bill bilan nikohini qayta tiklab bo‘lmas tarzda ifodalagan. 2019-yilgi intervyuda Melinda uzoq vaqt mobaynida ularning turmushidagi asosiy muammolardan biri – Billning oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni topa olmasligidir, deya aytib o‘tgan.  “Men turmushimdagi juda og‘ir kunlarni eslayman, u bilan birgalikda tabassum qila olamanmi, deya savol berar edim”, – deydi Melinda.

Foto: Glamour

Endilikda er va xotin mulkni taqsimlash to‘g‘risida kelishib olishi kerak. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Billning boyligi 130 milliard dollarga baholangan va u sayyoradagi eng boy insonlar ichida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, u Sietl yaqinidagi ko‘l bo‘yida 125 million dollarlik qasrda yashaydi. Bundan tashqari, er-xotin Kaliforniya shtatidagi Del-Marda 43 million dollarlik mulkka, Florida shtatidagi 59 million dollarlik rancho va Vayomingdagi uyga egalik qiladi. Bill Leonardo da Vinchining 30 million dollarlik suratini o‘zi ichiga olgan badiiy to‘plam va shaxsiy samolyotni ham rafiqasi bilan bo‘lishishi kerak.