Avvalroq Kim Kardashyan farzandlari uchun 60 million dollarga o‘yin maydoni qurdirgani haqida xabar berilgandi. Modelga o‘xshab fikrlaydigan va shunday yo‘l tutadigan mashhurlar ko‘p, ammo bu shou-biznes, shuningdek, sayyoradagi badavlat kishilarning barcha vakillari shunday degan xulosa qilishga sabab bo‘lmaydi. Ularning orasida farzandi kelajakda hamma narsaga o‘z mehnati va intilishi ortidan erishib, muvaffaqiyat qozonishini istovchi kishilar ham yo‘q emas.

Gordon Ramzi

Foto: Cosmopolitan

Mashhur oshpaz va rafiqasining 5 nafar farzandi bor. Juftlik ularga moliyaviy jihatdan qattiqqo‘l bo‘lishga harakat qiladi. Masalan, sayohat vaqtida o‘zlari birinchi toifada uchsa, farzandlari ulardan farqli ravishda ekonom toifada uchadi.

Sting

Foto: Cosmopolitan

Stingning vafotidan keyin farzandlariga deyarli hech qanday meros qolmaydi. Xonanda jigarbandlarining o‘zi moliyaviy muvaffaqiyatga erishishi va oyoqqa turishini istaydi.

Elton Jon

Foto: Cosmopolitan

Elton Jon bolalarini tayyorga ayyor bo‘lib o‘sishini istamaydi. U ularga ehtiyojlari va o‘qishi uchungina kerakli mablag‘ berishini bildirgan.

Mila Kunis va Eshton Kutcher

Foto: Cosmopolitan

Yulduzli juftlik farzandlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Vaqti kelganda ular borini xayriya jamg‘armasiga o‘tkazishni istaydi.

Jorj Lukas

Foto: Cosmopolitan

Mashhur rejissor va 4 farzandning otasi 2012-yilda prodyuserlik kompaniyasi hamda “Yulduzlar jangi”ning barcha huquqlarini sotib, tushgan mablag‘ning deyarli hammasini xayriya qilib yuborgan.

Mark Sukerberg

Foto: Cosmopolitan

Facebook asoschisi farzandli bo‘lganidan keyin moliyaviy ahvolining 99 foizini xayriyaga sarflab yuborishini bildirgan.

Bill Geyts

Foto: Cosmopolitan

Sayyoraning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Bill Geyts ham bor-yo‘g‘ini farzandlariga qoldirmoqchi emas. U pullarini xayriya loyihalari uchun sarflaydi.