Yer yuzining turli burchagida 4-may kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Angliya karantin choralarini yumshatishda davom etmoqda. Mamlakatda 17-may kuni ham COVID-19 pandemiyasi sabab joriy qilingan cheklovlar yumshatiladi.

Foto: Getty Images

Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov tuman markaziga 78 km uzoqlikdan kelgan suvni tatib ko‘rish uchun bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga uzatmoqda.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Star wars filmi kuni har yili 4-may sanasida butun dunyo bo‘ylab nishonlanadi. Suratda Tayvandagi Taypey 101 binosida bo‘lib o‘tgan bayram paytida film personaji kiyimidagilar bilan suratga tushayotgan muxlis.

Foto: EPA

Avstraliyadagi poygalardan so‘ng yuvintirilayotgan ot.

Foto: Getty Images

Filippin poytaxti Manila shahridagi basketbol maydonida aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash jarayoni.

Foto: EPA

Gonkongdagi YM2 savdo markazida eski Kvun Tong mavzesi maketini suratga olayotgan xitoylik.

Foto: Getty Images

Italiya poytaxti Rim shahridagi “Argentina” teatri koronavirus cheklovlari yumashtilgandan so‘ng qayta ochildi.

Foto: Shutterstock

Amaldagi shahar meri va navbatdagi London merligi uchun Leyboristlar partiyasidan nomzod Sodiq Xon Earlsfield boks klubida saylovoldi tashviqoti vaqtida britaniyalik bokschi Jo Joys bilan (polda) suratga tushmoqda.

Foto: EPA

Isroil harbiylari Nablus sharqidagi qishloqda xavfsizlik operatsiyasini o‘tkazayotgan paytda falastinlik qiz o‘z uyining balkonidan qarab turibdi. Harbiylar qidirayotgan falastinlik shaxslar bir kun avval otishma uyushtirgan. Oqibatda uch nafar Isroil fuqarosi yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Bingol shahridagi yo‘lni kesib o‘tayotgan qo‘ylar podasi.

Foto: Getty Images

Pokistondagi shia musulmonlari payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning safdoshi va kuyovi Imom Alining vafot etgan kuniga bag‘ishlangan marosimda qatnashmoqda. Marosim an’analariga ko‘ra, erkaklar pichoq, xanjar yoki qilich bilan o‘z tanalariga jarohat yetkazadi.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Gamburg shahrida qayiqlar Alster oqqushlarini kuzatib bormoqda. Har yili qushlar Eppendorf havzasiga qishlash uchun olib kelinadi.

Foto: AP Photo

Bangalor chekkasidagi ommaviy krematoriyda COVID-19 oqibatida vafot etgan hindistonlikning qarindoshlari marhumning jasadini yoqish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA

Koronavirus cheklovlari yumshagandan so‘ng qayta ochilgan Vatikandagi muzeyga tashrif buyurgan odamlar.

Foto: Reuters

Iroqning Najaf shahridagi shia musulmonlari Ali ibn Abu Tolib (r.a.) vafot etganining 1360 yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Shri-Lankaning Kolombo shahri yaqinida bolakaydan koronavirus tahlili uchun namuna olayotgan shifokorlar.

Foto: EPA

G‘oziobodda 52 yoshli Nanhe Palning rafiqasi nafas olishda qiynalayotgan eri uchun kislorod balloni so‘rab yig‘layapti.

Foto: Reuters

Angliyaning Nortamberlend shahridagi mayoq devoriga urilayotgan ulkan to‘lqinlar.

Foto: PA

Mexikoda yerusti metrosi estakadasi poyezd yurib ketayotgan vaqtda qulab tushdi. Voqea oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetgan, 80 dan ortiq odam jarohatlangan.

Foto: Getty Images

Nepal poytaxti Katmanduda ikkinchi koronavirus to‘lqini vaqtida ko‘cha sotuvchisi kasalxonaning tashqarisida tashlab qo‘yilgan tez yordam mashinasi yonida o‘tiribdi.

Foto: Reuters

Yorktaun shahridagi boshlang‘ich maktabga tashrif buyurgan Jo Bayden o‘quvchilar bilan suhbatlashmoqda.

Foto: Reuters