Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasining yarim final bahslari 23-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
Final yo‘llanmasi uchun olti nafar o‘zbekistonlik bokschi kurash olib bordi.
Nodirjon Mirzahmedov rossiyalik Edmond Xudoyandan ustun kelgan bo‘lsa, Shahobiddin Zoirov azaliy raqibi Amit Pangalni yengdi.
Mirazizbek Mirzaxalilov mezbonlar vakili Maksim Chernishovga qarshi kechgan qiziqarli bahsda g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Yosh iste’dodli bokschi Abdumalik Halokov Moldova vakili Dorin Bukshani taslim etdi. Bobousmon Boturov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Og‘ir vazn toifasi harakat qiluvchi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov esa rossiyalik Andrey Stotskiyni yengib, finalga chiqdi.
Shu tariqa Gubernator Kubogi finalida besh nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladigan bo‘ldi. Final bahslari 24-aprel, shanba kuni o‘tkaziladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)