Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 32-turida “Real” 21-aprel, chorshanba kuni “Kadis” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuv Madrid klubining 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, barcha gollar birinchi bo‘limda urildi. 30-daqiqada Karim Benzema 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Alvaro Odriosola oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 40-daqiqada esa Karim dublni rasmiylashtirgan holda o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari soni 70 taga yetgan “Real” musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi “Atletiko”ning hisobida ham xuddi shuncha ochko bor. “Barselona” esa 3-pog‘onadagi “Sevilya”dan 2 ochkoga ortda qolmoqda, jamoa 2 ta zaxira o‘yiniga ega.

La Liga

32-tur bahslari

21-aprel, chorshanba

“Kadis” – “Real Madrid” 0:3

Gollar: 0:1 – 30, penalti Benzema, 0:2 – 33 Odriosola, 0:3 – 40 Benzema.

“Kadis”: Ledesma, Fali Ximenes, Espino (Alexo, 65), Karselen (Akapo, 46), Markos Mauro, Iskyerdo, Xose Mari (Kala, 46), Yonsson, Salvi Sanches (Losano, 46), Negredo (Shaponich, 46), Sobrino.

“Real Madrid”: Kurtua, Odriosola (Isko, 61), Nacho, Varan (Karvaxal, 61), Marselo (Migel Gutyerres, 74), Rodrigo, Antonio Blanko, Vinisius Junior (Asensio, 61), Kazemiro, Militao, Benzema (Mariano Dias, 74).

Ogohlantirishlar: Salvi Sanches (8), Varan (22), Karselen (29), Yonsson (41), Nacho (46), Marselo (68), Akapo (90).

“Osasuna” – “Valensiya” 3:1

Gollar: 1:0 – 13 Martines, 1:1 – 30 Gameyro, 2:1 – 32 Kalyeri, 3:1 – 67, penalti Roberto Torres.

“Levante” – “Sevilya” 0:1

Gol: 0:1 – 53 en-Nesiri.

“Betis” – “Atletik” 0:0.

“Elche” – “Valyadolid” 1:1

Gollar: 1:0 – 22 Fidel, 1:1 – 86 Olasa.

“Alaves” – “Vilyarreal” 2:1

Gollar: 1:0 – 17 Xoselu, 1:1 – 50 Pako Alkaser, 2:1 – 80 Mendes.