“Jenoa” A Seriya 32-turi doirasida 21-aprel kuni “Benevento”ga qarshi bahs olib bordi. Genuyada kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

Foto: Getty Images

Ushbu uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov samarali harakat amalga oshira olmadi.

O‘zbekistonlik futbolchi A Seriya doirasidagi so‘nggi 9 o‘yindan buyon gol ura olmayapti. So‘nggi bor Eldor “Verona”ga qarshi kechgan 20-fevral kungi o‘yinda (2:2) gol urgandi.

O‘sha goldan keyin Shomurodov maydonda 406 daqiqa harakat qildi.

Shomurodov 2020/21-yilgi mavsumda 25 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!