Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Huawei kompaniyasi harakatlanish masofasi oshirilgan SERES SF5 modellari Xitoydagi do‘konlari bo‘ylab sotuvga chiqishini e’lon qildi. SERES kompaniyasi “1+8+N” universal ekotizimiga qo‘yilgan birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylandi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Huawei SERES bilan hamkorlikda bir marta quvvatlanish orqali uzoq masofaga harakatlana oladigan elektromobilni yaratdi. Huawei DriveOne 3/1 tizimi nafaqat avtonomlikni oshiradi, balki elektromotorlar samaradorligini jahon sinfi modellari darajasiga ko‘tarish imkonini beradi. Yangi SERES SF5 yo‘ltanlamasi shahar rejimida 180 kilometr, uzoq masofaga mo‘ljallangan oshirilgan rejimda 1000 kilometrdan ortiq yo‘l bosishi mumkin.

Elektromobil yengil alyuminiy shassi va to‘rtta sharli sharnir, ilg‘or “podveska”ga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, SERES SF5 soatiga 100 kilometr tezlikka 4,68 soniyada erisha oladi.

Huawei HiCar yechimi istalgan vaqtda navigatsiya, musiqa va boshqa funksiyalarga kirish imkoniyatini yaratib, smartfondagi dasturlar va transport vositasining asosiy kompyuteri o‘rtasida ma’lumotlar almashinishiga imkon beradi. Masalan, smartfondagi musiqani mashina dinamiklari orqali tinglash mumkin. Interfaol ovozli boshqaruv harakat vaqtida diqqatni jamlashga yordam beradi. Huawei HiCar avtomobilni Huawei’ning universal ekotizimi tarkibiga kiruvchi “aqlli” qurilmalarga ulay oladi.

SERES SF5 keng hajmdagi ovoz chiqaruvchi 11 dinamikdan iborat audiotizim bilan jihozlangan bo‘lib, u Huawei Sound mutaxassislari va akustika ekspertlari tomonidan sozlangan.

Shuningdek, elektromobilda avariyali quvvatlantirish rejimi mavjud bo‘lib, bunda boshqa elektromobil (V2V) akkumulyatoridan quvvatlanish mumkin. Batareyalardan tashqi iste’mol manbai sifatida ham foydalansa bo‘ladi.

1500 megapaskal bosim ostida termik ishlov berilgan po‘latdan tayyorlagan SERES SF5 kuzovining qattiqligi xavfsizlik standartlariga javob beradi. Boshqarishda avtomatik yordam beradigan L2+ darajasi tirbandliklar vaqtida qo‘l keladi. Mashinaning old qismiga ventilyatsiya, isitish va massaj funksiyalariga ega o‘rindiqlar joylashtirilgan.

SERES SF5 narxi 4WD versiyasi uchun 38 ming dollardan, 2WD versiyasi uchun esa 33 ming dollardan boshlanadi.

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi