Daryo

Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratishni boshladi

Texnologik kompaniyalarga xos ravishda, bu elektromobil bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish50 410 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LeEco

Xiaomi bosh direktori Ley Szyunyuga yaqin manbalardan biri kompaniya o‘z avtomobilini yaratish ustida ish boshlagani to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru. Texnologik kompaniyalarga xos ravishda, bu elektromobil bo‘ladi.

Foto: LeEco

Xiaomi avtomobilini yaratishga kompaniya vitse-prezidenti Van Chuan mas’ul. U brendga asos solingan vaqtdan buyon faoliyat yuritib keladi, masalan, u hozirda kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan televizorlar ishlab chiqarish bo‘linmasini ishga tushirgan.

Xiaomi’ning avtomobil ishlab chiqarish borasidagi rejasi bir necha yilga cho‘zilishi mumkin, shu sababli kompaniyada loyihani noldan boshlamaslik ehtimoli mavjud. Xiaomi biror sherik topib, boshqa model bazasida mashina yaratishi mumkin.

Hozirda Huawei xuddi shu kabi yo‘ldan ketmoqda — kompaniya avtomobillar uchun bort tizimi va o‘z qurilmalarining ekotizimini kengaytirish uchun “aqlli” ekranlar yaratmoqda. Kompaniyaning o‘zi biror avtomobil ishlab chiqarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprelida Xiaomi korporatsiyasi o‘z avtomobilini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Biroq shuncha kutilganiga qaramay, bu to‘laqonli mashina emas, balki Suzuki Jimny modelining 1:16 masshtabda kichraytirilgan o‘yinchoq modeli bo‘lib chiqqandi.

Mavzuga doir: Hyundai Apple bilan avtomobil yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotganini tasdiqladi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar