Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 4-sinf o‘quvchisi Nexia-3 mashinasini minib ketgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, unga mashina kalitini kafega kirgan mijozlardan biri avtomobilni chetga olib qo‘yishni so‘rab bergan. Shundan so‘ng bola mashinani noma’lum yo‘nalishda haydab ketgan.
Mashina keyinchalik yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan holda topilgan.
Bundan avval Andijondan olib qochilgan Spark Namanganda ehtiyot qismlariga ajratilgan holda topilgani, Marg‘ilonda kaliti bilan qoldirilgan Spark’ni minib qochgan shaxs qo‘lga olingani hamda Namanganda muqaddam sudlangan 23 yoshli yigit Nexia-2’ni olib qochib, boshqa mashinaga borib urgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)