Jennifer Lopes va Aleks Rodriges munosabatlariga nuqta qo‘yganini rasman e’lon qilib, do‘st bo‘lib qolishga qaror qildi.
“Do‘st bo‘lib qolganimiz yaxshi deb o‘yladik. Birga ishlashda va ish bilan aloqali masalalarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Bir-birimiz va farzandlarimizga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. Shuningdek, iliq so‘zlar aytgan va qo‘llab-quvvatlagan hammaga minnatdorchiligimizni izhor qilamiz”, — degan juftlik.
https://www.instagram.com/p/CLmgsIRngeq/?utm_source=ig_embed
Ma’lumot uchun, 2017-yildan uchrashishni boshlagan 51 yoshli Lopes va 45 yashar Rodriges 2019-yilda unashtiruv haqida e’lon qilgan. Shu yili o‘tkazish rejalashtirilgan to‘y pandemiya sabab noma’lum vaqtga surilgan edi.
Xonanda Jennifer Lopes bundan avval uch marta —menejer Oxani Noa, raqqos Krsi Jadd va Mark Entonilar bilan oila qurib ajrashgan va ikki marta farzandli bo‘lgan. Sintiya Skertis bilan turmush qurgan Rodrigesning ham ikkita farzandi bor.
Aleks va Jenniferning munosabatlari yomonlashgani va ularning ajrashgani haqidagi mish-mishlar bundan bir necha hafta avval tarqalgan. Bunga Aleksning xiyonat qilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu sportchi bilan bog‘liq birinchi holat emas.
Avvalroq Lopes bilan uchrashib yurgan vaqtida ham Aleksning bir nechta qizlar bilan munosabati bor ekanligi haqida ma’lumot tarqalgan, ammo qo‘shiqchi bu vaqtda bunday mish-mishlarga ishonmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)