Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida 14-aprel kuni “Liverpul”ga qarshi bahs yuritdi (0:0).

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ma’lum bo‘lishicha, madridliklar avtobusi o‘yindan avval “Enfild”ga borish jarayonida hujumga uchragan. Bir qator shaxslar avtobusni toshbo‘ron qilgan. Natijada avtobusga zarar yetgan, murabbiy joylashgan o‘rindiq yonidagi oynaning tashqi tomoni sinib ketgan.

“Liverpul” bu holat yuzasidan bayonot berdi va mehmonlardan uzr so‘ragan holda, bu vaziyat qatnashchilari jazolanishini ma’lum qildi.

“Mehmonlar avtobusiga zarar yetkazganlarni shubhasiz jazolaymiz. Alohida shaxslar tomonidan bunday ish qilinishi hurmatdan emas va uyatli holat. Biz mehmonlardan keltirilgan zarar uchun chin qalbdan uzr so‘raymiz. Aybdorlarni aniqlash uchun Mersisayd politsiyasi bilan hamkorlikda ishlaymiz”, — deydi “Liverpul” vakili.

Shuningdek, “Real” direktori Emilio Butragenyo ingliz klubi bu holat uchun uzr so‘raganini tasdiqladi.

“Bu achinarli, chunki klublar o‘rtaasidagi munosabat juda yaxshi. “Liverpul” rahbariyati bizdan uzr so‘radi”, — deydi Butragenyo.

Madridliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga yo‘l oldi va bu bosqichda “Chelsi” bilan kuch sinashadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi