Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, 13-aprel kuni fuqaro R.Sh. boshqaruvidagi Mercedes-Benz “Tolko‘cha” mahallasi hududida ketayotib, yo‘lning qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan 10 yoshli A.G.ni urib yuborgan. Oqibatda A.G. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda Malibu va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida Ozarbayjon fuqarosi vafot etgani, Namanganda esa Spark ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlatda yer qimirlashi yuz berdi (video)
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi