Daryo

Farg‘onada Lacetti velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish36 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 8-aprel kuni fuqaro N.Yo. boshqaruvidagi Lacetti Toshkent ko‘chasida ketayotib, yo‘lning qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan A.B.ni urib yuborgan. Oqibatda A.B. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yakkasaroyda Lacetti, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Jizzaxda esa yuk mashinasi va 2 avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatda 1 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar