Daryo

Farg‘onada Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi (video)

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

1 daqiqa o‘qish61 217 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan velosipedchini Lacetti urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 9-aprel kuni soat 17:30 larda yuz bergan. 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 2009-yilda tug‘ilgan velosipedchini urib yuborgan. Oqibatda velosipedchi shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgan avtomobil yo‘li 8-aprel kuni kechki vaqt mutasaddi tashkilotlar tomonidan to‘liq ta’mirlangandan keyin topshirilgan bo‘lgan. Lekin avtomobil yo‘li jihozlanmagan va yo‘l belgilari chizilmagan holatda foydalanishga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-aprel kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan, oqibatda u tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar