Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron 14-apreldan boshlab uranni 60 foizgacha boyitish ishlarini boshladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abbos Aroqchining so‘zlariga tayanib, Eron va g‘arb OAV xabar tarqatgan, deb yozmoqda “Interfaks”.

Natanzdagi yadro obyekti

Natanzdagi yadro obyekti
Foto: “TASS”

“Eron uranni 60 foizgacha boyitish ishlarini boshlashi haqida MAGATEni ogohlantirgan”, – deyiladi Press TV e’lon qilgan Eron TIV bayonotida.

Taxminlarga ko‘ra Tehronning bunday qaror qabul qilishi Isroilning Natanzdagi yadro obyektiga hujum uyushtirganiga o‘ziga xos javob bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari Eron Natanzdagi obyektga yana ming dona maxsus qurilma yetkazib berishni rejalashtirgan.

Natanzdagi hodisa12-aprel kuni Eron tashqi ishlari vaziri Javod Zarif Isroilning Natanzdagi yadro obyektiga uyushtirilgan hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi va Tehron bu harakat uchun javob qaytarishini bildirdi. Keyinchalik Zarif hali sodir bo‘lgan hodisa uchun yakuniy xulosalar olinmaganini aytib, qayta ogohlantirish bergan.

Eron OAV mamlakat razvedka vazirligidagi manbalarga tayanib, Tehronning Natanzdagi obyektga uyushtirilgan hujum ortida turgan shaxsning kimligi aniqlangani va ayni vaqtda uni qo‘lga tushirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini xabar qilgan.

The New York Times gazetasi AQSh razvedkasidagi manbaga asoslanib, Natanzdagi obyektda sodir bo‘lgan hodisa u yerda uranni boyitish ishlarini kamida 9 oyga to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar bergan. Nashr suhbatlashgan manbalarning aytishicha, kuchli portlash Natanzdagi energiya ta’minoti tizimini ishdan chiqargan. Tizim ishlamasa uranni boyitish uskunlari faol bo‘lmaydi. Biroq Eron atom energiyasi tashkilotining rahbari Ali Akbar Solihiy Natanzda sodir bo‘lgan voqea uranni boyitish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaganini aytgan.

11-aprelda Natanzdagi Ahmad Roshan nomli uranni boyitish kompleksida elektr ta’minotini taqsimlash tizimida muammolar kuzatilgan. Ali Akbar Solihiy tizimdagi nosozlik “yadro terrorchiligi” harakati tufayli yuzaga kelganini bildirgan. Ammo u mazkur harakatlar ortida qaysi kuchlar turganligi borasida muayyan fikr bildirmaslikka qaror qilgan.

Jerusalem Post gazetasi mazkur hodisaga Isroil razvedkasi “Mossad”ning kiberhujum uyushtirganligi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin